Konchilikka bahshida umr sohibi
Nashr qilingan sana: 03.06.2024 12:37:57“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv apparati texnologiya bo‘limi boshlig‘i Robert Usmanovich Yenikeev 60 yoshga to‘ldi. Shu munosabat yubilarni qutlash marosimi o‘tkazildi.
Jamiyat bosh direktori V.V.Kuznesov tomonidan unga II darajali “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
R.Yenikeev 1964 yil 31 may kuni Surxondaryo viloyatining Denov tumanida tug‘ilgan. 1986 yilda Toshkent politexnika institutining kunduzgi bo‘limini foydali qazilma konlarini yer osti usulida qazib olish texnologiyasi va kompleks mexanizatsiyasi mutaxassisligi bo‘yicha tomomlagan.
Mehnat faoliyatini 1984 yilda “Donesko‘mir” ishlab chiqarish birlashmasi “Donbasssotsiologiyasi” shaxta boshqarmasida lahm o‘tuvchisiga shogirdlikdan boshlagan. “Qarag‘andako‘mir” ishlab chiqarish birlashmasida, “Molodyojnaya” shaxtasi, “O‘zbekko‘mir” AJda turli lavozimlarda samarali mehnat qilgan.
R.Yenikeev 2019 yildan buyon hozirgi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Izohlar
Kamron Xushmurodov Nurali o‘g‘li
29.09.2024 18:57:36Oxirgi yangiliklar:
“Energetika xavfsizligi oyligi” tadbirlari davom etmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida “Energetika xavfsizligi oyligi” tadbirlari doirasida qish mavsumini betalofat o‘tkazish, iste’molchilarni yoqilg‘i-energi...
O'qishHamkor korxona vakillari bilan uchrashuv
19-dekabr kuni “Carbon-polymer” MChJ vakillari “O‘zbekko‘mir” AJda bo‘ldilar Shu munosabat jamiyat ijro apparati bo‘lim va boshqarmalari hamda tarkibiy tuzilm...
O'qishKo‘mir koni zinalari bo‘ylab...
Qadimgi Ohangaron vodiysi hududida tektonik kuchlar ta’sirida bo‘r yotqiziqlari ochilib, ular ostidan yura davrining ko‘mirli qatlamlari yer yuzasiga chiqqan. Bu yerdagi...
O'qishKorrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatlarni shakllantiraylik!
Ayni kunlarda “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibiy tuzilmalarida “Aksilkorrupsiya oyligi” tadbirlari doirasida seminar va davra suhbatlari olib borilmoqda. ...
O'qish