Korrupsiya holatini qanday baholaysiz?
Nashr qilingan sana: 11.04.2023 09:20:24"Oʻzbekkoʻmir" AJ telegramdagi t.me/uzbekcoaluz rasmiy kanalida korrupsiya holati, bunday illatga boʻlgan munosabat va korrupsiyaga qarshi bilimlar bilan bogʻliq mavzularda bir qator soʻrovnomalari oʻtkazildi (https://t.me/uzbekcoaluz/10111).
Natijalar quyidagicha:
Mehnat jamoangizda korrupsiya holati haqida qanday fikrdasiz?
34% - korrupsiya xavf ehtimoli kuchli.
27% - korrupsiya xavfi yoʻq
23% - aniq aytolmayman
16% - xavf qisman bor
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha qonun va qarorlar hamda korxona lokal hujjatlari bilan tanishmisiz?
48% - ha.
30% - yoʻq.
22% - qisman.
KORRUPSIYA holatlariga duch kelasizmi?
43% - ha, tez-tez.
37% - yoʻq.
20% - kam duch kelaman.
Korrupsiyaviy holatga duch kelsangiz, bu haqida qayerga va kimga murojaat qilishni bilasizmi?
44% - ha.
33% - yoʻq.
14% - bilmayman.
9% - qisman.
Soʻrovnomalar yakuni shuni koʻrsatadiki, jamiyatda korrupsiya holati mavjud, respondentlarning aksariyat bunday holatga duch keladi, ular korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik bilan ham yaxshi tanish, zarur paytda qayerga va kimga murojaat qilishni ham biladi. Demak, korruputsiyaga qarshi birgalikda kurashish samarali natija beradi.
"Oʻzbekkoʻmir" AJ Axborot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“Angren” ko‘mir koni mehnat jamoalarida
Aprel oyi “Angren” ko‘mir konida muvaffaqiyatli kechdi. Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda oy davomida 1 600,0 kubometr o‘rniga 1735,3 kubometr (135%) hajmida...
O'qishMavjud bo‘sh ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qilindi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘z korxonalaridagi mavjud ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qiladi. Talbagorlarga 99 kasb bo‘yicha 184 bo‘sh ish o‘rni takl...
O'qishKo‘mir ta’minoti: korrupsiyaning oldini olish – dolzarb vazifa
Yakunlagan kuz-qish mavsumida respublika aholi iste’molchilari va budjet tashkilotlariga har galgidan ko‘p ko‘mir mahsuloti yetkazib berildi. Bu borada yutuqlar bor,...
O'qish“Ayol qismati” filmi namoyish etilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatda diniy terrorizm, aqidaparastlik kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotgan harakatlarning oldini olish hamda ushbu salbiy oqiba...
O'qish