Mahalliy ko‘mir qanday qazib olinadi?
Nashr qilingan sana: 02.12.2024 15:03:23Iqtisodiyotning muayyan tarmoqlarida, shuningdek, tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan hududlarda ko‘mirdan foydalanish ancha qulay. O‘zbekiston esa yer osti qazilmalariga boy bo‘lib, ko‘mir asosan respublikamizning Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida ko‘mir qazib olinadi. Toshkent viloyatining Angren havzasidan qazib olinayotgan qo‘ng‘ir ko‘mir toshko‘mirga qaraganda oson cho‘g‘lanishi, va boshqa xususiyatlari bilan aholi iste’molchilari talabiga mos tushadi.
Ayni kunlarda joriy kuz-qish mavsumi uchun aholi iste’molchilarini ko‘mir bilan ta’minlash ishlari jadal davom etmoqda. Qayt etish kerak, arzonlashtirilgan mahalliy ko‘mirning yetkazib berilishi ko‘pchilik aholi iste’molchilarini mamnun etayotgani haqida xabarlar kelib turibdi. Shu bilan birga ijtimoiy tarmoqlarda ko‘mir sifati va tarqatish bilan bog‘liq tanqidiy chiqishlar ham kuzatilmoqda.
Ushbu tanqidiy chiqishlarning aksariyati jamoatchilik o‘rtasida ko‘mirni qazib olish va tarqatish tartiblari, shuningdek mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari haqida jamoatchilik o‘rtasida yetarli tushuncha mavjud emasligidan kelib chiqmoqda.
O‘zbekistonda qazib olinadigan ko‘mirning 85 foizi “Angren” ko‘mir havzasi hissasiga to‘g‘ri keladi. Xo‘sh, Angren konlarida ko‘mir qanday qazib olinmoqda, uning sifati qay darajada? Aholiga mo‘ljallangan ko‘mir mahsulotini qaerdan va qay tartibda olish mumkin? Xarid qilingan ko‘mir qanday saqlash kerak?
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan videorolikda ana shu savollarga batafsil javob olishingiz mumkin:
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Janubiy Koreya delegatsiyasi Angren ko‘mir konida
2025-yil 12-mart kuni Janubiy Koreyaning KOMIR, KIGAM va SOAM kampaniyalari delegatsiyalari “O‘zbekko‘mir” AJ mutaxassislari bilan uchrashdi. Uchrashuvda...
O'qish
“Angren” ko‘mir konida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
Joriy yilning 11-mart kuni “O‘zbekko‘mir” AJ “Angren ko‘mir koni” filialida “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ob’ekt tuzilmalarining shahar fuqa...
O'qish
Konchi ayol mehnati e’tirof etildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati va uning tizimidagi korxonalarda bugungi kunda ming nafardan ziyoroq xotin-qiz samarali mehnat qilib kelmoqda. 8-mart ba...
O'qish
Shaxta usulida a’lo sifatli ko‘mir qazib olinmoqda
“Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filiali “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi to‘ng‘ich korxonalardan biri bo‘lib, bu yerdan qazib chiqarilayotgan...
O'qish