Mahalliy koʻmirni tarqatishga ularni fraksiyalarga ajratishga yoʻl qoʻyishmaydi
Nashr qilingan sana: 23.06.2023 13:34:16Ayni kunlarda "Koʻmir taʼminot"MCHJ tomonidan 2023/2024 yillar kuz-qish mavsumi uchun respublika byudjet tashkilotlarini mahalliy koʻmir mahsuloti bilan taʼminlash ishlari jadal olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi Fotima Joʻrayeva tomonidan bundan 3 yil avval Andijon viloyati koʻmir omborlarida ijtimoiy soha obyektlariga koʻmirni elab, unga qum, kul qoʻshib, 303 soʻmdan berilayotganligi, yiriklari esa 1100 soʻmdan sotib yuborilayotganligi haqida video va ovozli faktlar bilan bir nechta murojaatlar qilgani va natijada vaziyat ijobiy tomonga oʻzgargani, ammo hozirgi kunda ahvol yana takrorlanayotgani haqida xabar tarqaldi.
Oʻzbekkoʻmir" AJ Axborot xizmati xabarda keltirilgan holatni oʻrganmoqda va uning natijalari haqida batafsil xabar berishini maʼlum qiladi.
Eslatib oʻtamiz, "Oʻzbekkoʻmir" AJ tomonidan respublika byudjet tashkilotlari ehtiyojlari uchun ortib yuborilayotgan mahalliy koʻmir 2BR markali boʻlib, fraksiyasi 0-300 mm.ni tashkil etadi. Mahsulotni tarqatish jarayonida ularni fraksiyalarga ajratishga yoʻl qoʻyilmaydi.
"Oʻzbekkoʻmir" AJ Axborot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“Angren” ko‘mir koni mehnat jamoalarida
Aprel oyi “Angren” ko‘mir konida muvaffaqiyatli kechdi. Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda oy davomida 1 600,0 kubometr o‘rniga 1735,3 kubometr (135%) hajmida...
O'qishMavjud bo‘sh ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qilindi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘z korxonalaridagi mavjud ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qiladi. Talbagorlarga 99 kasb bo‘yicha 184 bo‘sh ish o‘rni takl...
O'qishKo‘mir ta’minoti: korrupsiyaning oldini olish – dolzarb vazifa
Yakunlagan kuz-qish mavsumida respublika aholi iste’molchilari va budjet tashkilotlariga har galgidan ko‘p ko‘mir mahsuloti yetkazib berildi. Bu borada yutuqlar bor,...
O'qish“Ayol qismati” filmi namoyish etilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatda diniy terrorizm, aqidaparastlik kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotgan harakatlarning oldini olish hamda ushbu salbiy oqiba...
O'qish