2023-yilda 5 mln 396 ming tonna ko‘mir yetkazib berildi
Nashr qilingan sana: 19.03.2024 12:17:06AOKAda “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori o‘rinbosari E.Yakubov, jamiyat bosh geologi E.Jo‘raev, “Ko‘mir ta’minot” MChJ direktori o‘rinbosari F.Xursanov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida jamiyatning 2023 yil faoliyati yakunlari va galdagi ustuvor vazifalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Jamiyatda 2023 yilda ko‘mir qazib chiqarish 5 836,0 ming tonna yoki prognozga nisbatan 100,6% (5 800,0 ming tonna) bajarildi.
– Iste’molchilarga 5 396,7 ming tonna ko‘mir yetkazib berildi, prognozga nisbatan 102,6% (5 257,5 ming tonna) bajarildi.
– Ishlab chiqarish amaldagi narxlarda 1 469,1 mlrd so‘mga bajarilib, rejaga nisbatan 100,0 foizni tashkil qildi.
– Ishlab chiqarish taqqoslama narxlarda 1 313,6 mlrd so‘mni tashkil qilib, rejaga nisbatan 101,7 foizga bajarildi, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 114,8 foiz.
– 2023/2024-yillar kuz-qish mavsumi uchun respublika aholisi va budjet tashkilotlariga jami 1 750,7 ming tonna, shundan aholiga 1 175,9 ming tonna, budjet tashkilotlari uchun jami 574,8 ming tonna, shundan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri budjet tashkilotlariga 346,2 ming tonna, (DXSh asosida tadbirkorlik sub’ektlariga 228,6 ming tonna) mahalliy ko‘mir yetkazib berilishi rejalashtirilgan.
2024 yilning 1 yanvar holatiga aholiga 1 mln 102,4 ming tonna (95%), budjet tashkilotlariga jami 569,4 ming tonna (99%), shundan to‘g‘ridan-to‘g‘ri budjet tashkilotlariga 349,2 ming tonna (100%), davlat xususiy sheriklik (DXSH) asosida isitish tizimlarini boshqarish uchun jalb qilingan tadbirkorlik sub’ektlariga 220,2 ming tonna (96%) mahalliy ko‘mir ortib yuborildi.
Anjumanda jamiyatning 2024 yildagi rejalari haqida ham ma’lumotlar keltirilib, mavzu yuzasidan jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
YouTube: https://www.youtube.com/live/MQvSSq0VWHo?si=QStARoGPEL9A2NhC
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Ko‘mir ta’minoti: korrupsiyaning oldini olish – dolzarb vazifa
Yakunlagan kuz-qish mavsumida respublika aholi iste’molchilari va budjet tashkilotlariga har galgidan ko‘p ko‘mir mahsuloti yetkazib berildi. Bu borada yutu...
O'qish“Ayol qismati” filmi namoyish etilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatda diniy terrorizm, aqidaparastlik kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotgan harakatlarning oldini olish hamda ushbu salbiy oqiba...
O'qishKoʻmir mahsulotlarini talon-toroj qilganlik uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda
2024 yil 22 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻ...
O'qishBosh direktor yoshlar bilan uchrashdi
27-aprel kuni «O‘zbekko‘mir» AJ ijro apparati binosida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Angren shahar “Yoshlik” hamda “May...
O'qish