Mehnat jamoasi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Nashr qilingan sana: 26.09.2023 04:01:21Bugun, 26 sentyar kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida Jamoa shartnomasining bajarilishi yuzasidan Jamiyat mehnat jamoasining konferensiyasi o‘tkazildi.
Jamiyat ijro apparati faollar zalida tashkil etilgan konferensiya ishida ijro apparati, filiallar hamda “Ko‘mir ta’minot” MCHJdan saylangan 47 nafar deputat, hamda jamiyat boshqarmalar, bo‘limlar va xizmatlar boshliqlari, filiallar rahbarlari hamda delegatlar ishtirok etdi.
Konferensiyada “O‘zbekko‘mir” AJda Jamoa shartnomasi bandlarining bajarilishi hamda yangi Mehnat kodeksi talablari asosida 2023-2025 yillarga mo‘ljallab tuzilgan Jamoa shartnomasini qabul qilish masalasi ko‘rib chiqildi.
Jamiyat Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.Qayumov boshqarib borgan tadbirda Ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi Jamoa shartnomasi bajarilishi va ushbu hujjatga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar qizg‘in muhokama etildi.
Delegatlar ishchi-xodimlar unumli mehnat qilishi va mazmunli hordiq chiqarishini namunali tashkil etish, mehnatni muhofaza qilish, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishni kuchaytirishga oid ko‘plab takliflarni berdilar.
Konferensiyada Jamoa shartnomasi bandlarining bajarilishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar qoniqarli deb topildi.
Delegatlar Jamiyatning 2023-2025 yillar uchun tuzilgan Jamoa shartnomasi loyihasini tegishli qo‘shimcha o‘zgartishlar bilan qabul qildilar.
Shuningdek, O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari respublika konferensiyasiga delegatlar saylandi.
Konferensiya ishida Jamiyat bosh direktori V. V. Kuznesov, O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmalari respublika kengashi raisi o‘rinbosari Gʻafurjon Hamidov so‘zga chiqdi.
Jarayonda Ishonchli boshqaruvchi – “Central Asia Energy” MCHJ vakili Rustam Ayxo‘jayev ishtirok etdi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Yurtimiz hamisha tinch, xalqimiz yanada farovon bo‘lsin!
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda ko‘mir sanoati mehnat faxriylariga “O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori Dusmatov Nodirbek Uktamjanovichning bayram tabrigi Hurma...
O'qish
“Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yildi
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Angren shahridagi Istiqlol maydonidagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maz...
O'qish
Xotira va qadr kechasi o‘tkazildi
Joriy yilning 7-may kuni "O‘zbekko‘mir" AJda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviyat soati o‘tkazildi Angren shahridagi “Zamin-2”...
O'qish
Кorrupsiya qarshi seminar-trening o‘tkazildi
Korrupsiya jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib kelib, barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta’sir etadigan illatdir. Us...
O'qish