Mohir “BelAZ”chilar
Nashr qilingan sana: 23.10.2023 16:24:20“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati ATT filialiga qarashli 1-son avtokorxona filialning asosiy korxonasi hisoblanadi. Qudratli og‘ir kon texnikalari – ulkan “BelAZ” avtosamosvallari to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Angren” ko‘mir koni “javlon urib” ko‘mir va tog‘ jinslari tashiydi.
Ayni paytda avtokorxonada 130 tonnalik o‘n beshta, 110 tonnalik oltita, yuk ko‘tarish quvvati 30-40 tonna bo‘lgan ikkita “BelAZ” mavjud. Bundan tashqari, 14 ta “MAN” samosvali ham bor.
Avtokorxona jamoasida 200 dan ortiq haydovchi mehnat qiladi. Biz bu yerda bo‘lganimizda og‘ir kon texnikalaridan biri – “BelAZ-001” samosvalini uning to‘rt kishidan iborat brigadasi tomoni ta’mirlayotgan ekan.
– Bu ajoyib brigada. Unda har biri o‘n, yigirma yoki undan ko‘proq ish stajiga ega mutaxassislarimiz ishlaydi. Ular nafaqat mohir haydovchi balki, yaxshigina ta’mirchilar hamdir, – deydi mamnuniyat bilan mexanik ta’mirlash ustaxonasi (MTU)ning yosh boshlig‘i Nodirbek Ibrohimov.
Brigada a’zolari Bahrom Nasibaliyev, Mansur Ro‘zmatov, Sherzod Qayumov, Faxriddin Zokirov o‘z kasbining ustalari bo‘lgan mehnatsevar xodimlaridan sanalishadi. Ular konning aylanma yo‘llarida samosvalni professional tarzda boshqaribgina qolmay, og‘ir kon texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatishni ham uddalaydilar. Hozir ular o‘z boshqaruvlaridagi “BelAZ”ning “yuragi” – dvigatelni ta’mirlash bilan band.
Bahrom aka Nasibaliyev o‘ttiz yilga yaqin haydovchi bo‘lib ishlab kelmoqda, Tajribali haydovchi “Konchi shuhrati” ko‘krak nishonining uchala darajasi sohibi. U fidokorona mehnati uchun ko‘p marta taqdirlangan. Murabbiy sifatida “BelAZ” boshqaradigan yigirmaga yaqin ajoyib shogirdlar tayyorlashga muvaffaq bo‘ldi.
Fursatdan foydalanib, ko‘mir sanoati rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan konchi-avtomobilchilarni kasb bayrami bilan tabriklab, mashaqqatli ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Diana Andreyeva
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qilindi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘z korxonalaridagi mavjud ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qiladi. Talbagorlarga 99 kasb bo‘yicha 184 bo‘sh ish o‘rni takl...
O'qishKo‘mir ta’minoti: korrupsiyaning oldini olish – dolzarb vazifa
Yakunlagan kuz-qish mavsumida respublika aholi iste’molchilari va budjet tashkilotlariga har galgidan ko‘p ko‘mir mahsuloti yetkazib berildi. Bu borada yutuqlar bor,...
O'qish“Ayol qismati” filmi namoyish etilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatda diniy terrorizm, aqidaparastlik kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotgan harakatlarning oldini olish hamda ushbu salbiy oqiba...
O'qishKoʻmir mahsulotlarini talon-toroj qilganlik uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda
2024 yil 22 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻ...
O'qish