Mustaqillik bayramini munosib o'tkazish, ishchi xodimlarni rag'batlantirish
Nashr qilingan sana: 24.08.2023 10:41:15"Oʻzbekkoʻmir" AJ bosh direktori Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik bayrami munosabati bilan jamiyat ishchi-xodimlariga bir martalik mukofot puli toʻlash to'g'risidagi buyruqqa imzo chekdi
Buyruqqa koʻra, "Oʻzbekkoʻmir" AJ va Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasining 2023-yil 24-avgustdagi 32-sonli qoʻshma qaroriga asosan, mustaqillik bayramini munosib kutib olish va ishchi-xizmatchilarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida ishchi-xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan eng kam ish haqi (980 000 soʻm) miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.
Bundan tashqari qarorda:
- kam ta'minlangan, ko‘p bolali, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga, yolg‘iz qolgan keksalarga oziq-ovqat to‘plamlarini tarqatish;
- respublikamizning tarixiy shaharlaridagi ziyoratgohlarga, diqqatga sazovor joylarga sayoxatlar uyushtirish;
- jamiyat filiallari ishchi-xodimlari o‘rtasida sport musobaqalarini o‘tkazish o'rin olgan.
"Oʻzbekkoʻmir" AJ Matbuot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Mehnat muhofazasi – kasaba uyushmalarining nazoratida
25-aprel kuni “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovi”ning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi....
O'qishSirdaryo musiqali teatri ijodkorlari konchilar huzurida
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida xodimlarning madaniy hordiq chiqarishlariga alohida e’tibor berilmoqda. 25-aprel kuni “Qurilish-montaj ishlar...
O'qishMaxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o'tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJ «ATT» filiali favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tuzilmalari shartli zilzila, yong‘in, ko‘chki paytida qutqaruv, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish b...
O'qish“Korrupsiyaga murosasiz munosabatda bo‘laylik!”
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda. Bugun "Temir yo‘l transporti" filiali...
O'qish