Yiliga 150 ming kilovatt elektr iqtisod qilinmoqda
Nashr qilingan sana: 12.06.2024 11:28:10“O‘zbekko‘mir” tizimida quyosh kollektorlari va issiqlik nasoslari o‘rnatilgani hisobiga yiliga 150 ming kilovatt elektr iqtisod qilinmoqda.
Bu haqida Prezident raisligida 10 iyun kuni energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda energetika sohasi ob’ektlari kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida alohida qayd etib o‘tildi.
O‘tgan yili elektr va gazni tejash bo‘yicha tumanbay dasturlar qabul qilindi. Xonadonlar va ijtimoiy ob’ektlarda o‘rnatilgan birgina quyosh kollektorlari hisobiga 20 million kilovatt tejalmoqda.
Sanoat korxonalari ham “yashil energiya” manbalarini joriy qilmoqda. Masalan, “O‘zbekko‘mir” tizimida quyosh kollektorlari va issiqlik nasoslari o‘rnatilgani hisobiga yiliga 150 ming kilovatt elektr iqtisod qilinmoqda. Lekin ayrim hududlarda ishlar sust bo‘lgani uchun elektr iqtisod qilish rejasi to‘liq bajarilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Yig‘ilishda issiqlik elektr stansiyalari barqaror ishlashi, aholi va ijtimoiy soha ehtiyojlari uchun joriy yilda ko‘mir qazib chiqarishni yanada ko‘paytirish va bu borada 8 million tonnalik ko‘rsatkichga intilish zarurligi qayd etildi. Bundan tashqari, mazut va ko‘mir ikki yilga bojdan ozod qilinadi. Ko‘mir importi uchun uch yil muddatga revolver kreditlar beriladi.
Mutasaddilar va hokimlar oldiga yaqin muddatda aholi va ijtimoiy soha uchun 1 million 200 ming tonna, yil yakunigacha yana shuncha ko‘mir yetkazib berish, 1 oktabrgacha 600 ming tonna ko‘mir va 350 ming tonna mazut zaxirasini yaratish vazifasi qo‘yildi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati qoshida Faxriylar kengashi tuzildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati qoshida Faxriylar kengashi tuzildi Shu munosabat bilan 4 fevral kuni aksiyadorlik jamiyatida tadbir tashkil etildi. Tadbirga...
O'qishKondagi ishlar bir maromda davom etadi
Hozirgi qish mavsumida ochiq kon sharoitida ishlash oson emas: yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi atmosfera yog‘inlari ko‘mir qazib olishni qiyinlashtiradi, goh ish joylarida...
O'qishMehnat bozori va ta’lim integratsiyasi
Davlatimiz rahbarining 2024 yil 30 sentyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi huzurida Milliy malaka tizimini rivo...
O'qishYetakchilar kengashi faoliyati sarhisob qolindi
“Oʼzbekkoʼmir” АJ Boshqaruv apparati faollar zalida filiallardagi yoshlar yetakchilari ishtirokida 2024-yil sarhisobi hamda 2025-yilda amalga oshiriladigan ishlar yuz...
O'qish