“O‘zbekko‘mir” AJ: iyun oyi rejalari qanday bajarildi?
Nashr qilingan sana: 06.07.2023 10:44:48Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, iyun oyida 445,0 ming tonna o‘rniga 485,2 ming tonna ko‘mir qazib olingan. Bu rejadagidan40,2 ming tonna ko‘p bo‘lib (109,2 %) o‘sish sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 118,2 foizni tashkil etdi.
Jamiyatda ko‘mir qazib olish rejasi “Angren” koni bo‘yicha 104,4, “Apartak” koni bo‘yicha 118,5 foizni, shaxta usulida 115,8 foizga oshirib uddalandi.
Oy davomida 1 907,2 ming kubometr hajmida kon ochish ishlari bajarildi va bu boradagi oylik reja 98,6 foizga teng bo‘ldi.
Qayd etish kerak, iyun oyida kon ochish ishlaridagi qoloqlikka barham berish tendensiyasi kuzatilishda davom etdi. Yil boshidan olib qaralganda, reja 102,0 foizga uddalanib, o‘sish sur’ati o‘tgan yildagiga nisbatan 133,2 foizni tashkil etgan.
Iyun oyi mobaynida iste’molchilarga 465,9 ming tonna ko‘mir yuklab yuborildi. Bu rejaga nisbatan 168,9 foizga tengdir.
Yuklab yuborilgan mahsulotning 339,0 ming tonnasi issiqlik elektr stansiyalariga, 106,4 ming tonnasi respublika byudjet tashkilotlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Birja savdolari uchun 20,5 ming tonna ko‘mir yetkazib berildi.
Iyun oyida jamiyatda kaolin qazib olish rejadagi 65,0 ming tonna o‘rniga 26,9, ming tonnani, kaolin yuklash 65,0 ming tonna o‘rniga 54,1 ming tonnani tashkil etdi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“Angren” ko‘mir koni mehnat jamoalarida
Aprel oyi “Angren” ko‘mir konida muvaffaqiyatli kechdi. Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda oy davomida 1 600,0 kubometr o‘rniga 1735,3 kubometr (135%) hajmida...
O'qishMavjud bo‘sh ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qilindi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘z korxonalaridagi mavjud ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qiladi. Talbagorlarga 99 kasb bo‘yicha 184 bo‘sh ish o‘rni takl...
O'qishKo‘mir ta’minoti: korrupsiyaning oldini olish – dolzarb vazifa
Yakunlagan kuz-qish mavsumida respublika aholi iste’molchilari va budjet tashkilotlariga har galgidan ko‘p ko‘mir mahsuloti yetkazib berildi. Bu borada yutuqlar bor,...
O'qish“Ayol qismati” filmi namoyish etilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatda diniy terrorizm, aqidaparastlik kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotgan harakatlarning oldini olish hamda ushbu salbiy oqiba...
O'qish