"O‘zbekko‘mir" AJ : yanvar-iyun oylarida amalga oshirilgan ishlar va natijalar
Nashr qilingan sana: 12.07.2023 07:56:292023 yil yanvar-iyun oylari yakuniga ko‘ra, kon ustini ochish ishlari 11,1 mln. kub metr yoki prognozga nisbatan 102,0 foiz bajarildi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 133,2 foizni tashkil qildi.
Ko‘mir qazib chiqarish 2 347,5 ming tonna yoki rejaga nisbatan 102,8 foiz (2 283,4 ming tonna) bajarildi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 98,8 foizga teng bo‘ldi.
Iste’molchilarga 2 266,4 ming tonna ko‘mir yetkazib berilib, reja 107,1 foiz (2 115,5ming tonna)ga bajarildi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 93,2 foizni tashkil etdi.
Ishlab chiqarish amaldagi narxlarda 605,5 mlrd. so‘mga bajarilib, rejaga nisbatan 101,8 foizni tashkil qildi. Ishlab chiqarish taqqoslama narxlarda 518,2 mlrd. so‘mni tashkil qilib, rejaga nisbatan 100,9 foizga bajarildi, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan - 98,2 foiz.
Mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha 2,6 mlrd. so‘mlik tog‘-kon uskunalari ehtiyot qismlari va yer osti uskunalari o‘zlashtirildi, bu borada rejaga nisbatan 105,4 foiz natijaga erishildi,
O‘tgan olti oy davomida debitor qarzdorlik 498,0 mlrd. so‘mni tashkil qildi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati ( o‘tgan yilning mos davri 378,7 mlrd. so‘m) - 131,5 foiz.
Kreditor qarzdorlik 323,2 mlrd. so‘mni tashkil qildi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati ( o‘tgan yilning mos davri 359,3 mlrd. so‘m) 89,9 foizga teng bo‘ldi.
Ne’mat Dushayev,
"O‘zbekko‘mir" AJ matbuot kotibi
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Yurtimiz hamisha tinch, xalqimiz yanada farovon bo‘lsin!
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda ko‘mir sanoati mehnat faxriylariga “O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori Dusmatov Nodirbek Uktamjanovichning bayram tabrigi Hurma...
O'qish
“Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yildi
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Angren shahridagi Istiqlol maydonidagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maz...
O'qish
Xotira va qadr kechasi o‘tkazildi
Joriy yilning 7-may kuni "O‘zbekko‘mir" AJda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviyat soati o‘tkazildi Angren shahridagi “Zamin-2”...
O'qish
Кorrupsiya qarshi seminar-trening o‘tkazildi
Korrupsiya jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib kelib, barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta’sir etadigan illatdir. Us...
O'qish