“O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori bayram tabrigi
Nashr qilingan sana: 30.09.2024 12:25:36#Bayram_tabrigi
Ustoz barchamiz hayotimizda ilk bilim olgan, hurmat qilgan, qadrlagan insondir. Ishlab chiqarishda, jumladan ko‘mir sanoati sohasida mehnat qilayotgan konchi-ustoz va murabbiylar o‘zlaridagi kuchli nazariy bilim va boy ishlab chiqarish tajribasini mohirona uyg‘unlashtirgan holda faoliyat ko‘rsatib kelayotganlari tahsinga sazovordir.
Angren konchilari hamisha kadrlar va ularning kasbiy darajasiga juda yuqori talablar qo‘ygan. Mahalliy ko‘mir sanoatida ishlaydigan mutaxassislarning ishbilarmonlik fazilatlarini mana shunday aniqlash kerak.
Bo‘lajak konchilar o‘rta, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida bilim olib, malaka oshirib, imtihonlar orqali diplom olgandan so‘ng sanoat tarmoqlariga ishga kirishadi va nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llaydilar.
Aksiyadorlik jamiyatimiz qoshidagi o‘quv markazida muntazam yo‘lga qo‘yilgan o‘quv kurslari mutaxassis kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va uzluksiz ravishda malakasini oshirib borishga xizmat qilmoqda. Bu yerda hamma narsa muhim: tajribali o‘qituvchilar va ular bilan mashg‘ulotlardan o‘tishni xohlaydiganlarning mavjudligi. O‘qituvchilar, jumladan, katta ish tajribasiga ega o‘quv-ishlab chiqarish ustalari bo‘lajak mutaxassislarga konchilik mahorati sirlarini o‘rgatib kelmoqda.
Filiallarda keng yo‘lga qo‘yilgan “Ustoz ‒ shogird” an’anasi yosh mutaxassislarimizda konchilikdagi muhim kasblarni puxta o‘zlashtirishda katta samara bermoqda. Ko‘p yillardan buyon samarali mehnat qilib, boy tajriba to‘plagan og‘ir kon-texnika mashinistlari va boshqa qator kasb egalari yoshlarga ustozlik qilib, o‘zlariga munosib o‘rinbosarlar tayyorlamoqda. Biz ularning bunday ezgu ishlaridan hamisha minnatdormiz.
Hurmatli ustoz konchilar, qadrli hamkasblar!
Sizni 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklaymiz! Sizga sihat-salomatlik, farovonlik va kelgusidagi ustoz va murabbiylik faoliyatingizda hamisha muvaffaqiyatlar tilayman. Shogirdlar o‘z ustozidan minnatdor bo‘lishlari, ustozlar ham o‘z shogirdlari va ularning yuksak mehnat yutuqlari bilan faxrlanishlari kerak. Biz esa esa ko‘mir sanoati faxriylariga bo‘lgan aziz ustozlarga ta’zim qilamiz.
V.V.Kuznetsov,
“O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

“Angren” ko‘mir konida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
Joriy yilning 11-mart kuni “O‘zbekko‘mir” AJ “Angren ko‘mir koni” filialida “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ob’ekt tuzilmalarining shahar fuqa...
O'qish
Konchi ayol mehnati e’tirof etildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati va uning tizimidagi korxonalarda bugungi kunda ming nafardan ziyoroq xotin-qiz samarali mehnat qilib kelmoqda. 8-mart ba...
O'qish
Shaxta usulida a’lo sifatli ko‘mir qazib olinmoqda
“O‘zbekko‘mir” AJda ko‘mir ikki usul - ochiq ochiq va shaxta usulida qazib olinadi. Konlarda, ayni dam olish kunlariga qaramay, ishlab chiqarish bir maromda, uzl...
O'qish
Ayolga ehtirom — jamiyatga ehtirom
Mamlakatimizda mo‘tabar ayol zotiga hamisha munosib ehtirom ko‘rsatib kelinmoqda. Bu bejizga emas. Xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzi...
O'qish