Raqamli transformatsiya yoʻnalishi boʻyicha seminar tashkil qilindi
Nashr qilingan sana: 27.04.2023 19:41:53Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligida kon-metallurgiya korxonalarida raqamli transformatsiya yoʻnalishi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish va oʻzaro tajriba almashish maqsadida vazirlikning raqamlashtirish sohasi masʼul xodimlari hamda "Olmaliq KMK" AJ, "Navoiy KMK" AJ, "Navoiyuran" DK, "Oʻzmetkombinat" AJ, "Oʻzbekkoʻmir" AJ vakillari ishtirokida seminar tashkil qilindi.
Tadbir davomida "Olmaliq KMK" AJ, "Navoiy KMK" AJ, "Navoiyuran" DKda raqamlashtirish va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boʻyicha 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimotlar boʻlib oʻtdi.
Taqdimotlarga koʻra, "Olmaliq KMK" AJda 48 ta loyiha amalga oshirilib, 330 mlrd. soʻmdan ortiq mablagʻ tejalishiga erishilgan. "Navoiy KMK" AJda kombinatning 30 ta kon zaxiralari JORC standartlari asosida qayta baholangan va ularning 3D modellari yaratilgan.
Shuningdek, seminar davomida muammoli masalalar va ularning yechimlari boʻyicha fikr almashildi, 2023 yilda kon-transport kompleksi, texnologik va biznes jarayonlarini raqamlashtirish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va zamonaviy axborot tizimlarini qoʻllash boʻyicha vazifalar belgilandi.
Seminar yakunida ishtrokchilar tomonidan raqamli transformatsiya yoʻnalishda amalga oshirilgan loyihalar bilan tanishish hamda kombinatlarda joriy etilgan dasturlar va tizimlarni yaqindan oʻrganish maqsadida kon-metallurgiya korxonalariga amaliy tashriflar tashkil etishga kelishib olindi.
Shamil Nigmatullin,
"Oʻzbekkoʻmir" AJ axborot texnologiyalari xizmati boshligʻi
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“Angren” ko‘mir koni mehnat jamoalarida
Aprel oyi “Angren” ko‘mir konida muvaffaqiyatli kechdi. Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda oy davomida 1 600,0 kubometr o‘rniga 1735,3 kubometr (135%) hajmida...
O'qishMavjud bo‘sh ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qilindi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘z korxonalaridagi mavjud ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qiladi. Talbagorlarga 99 kasb bo‘yicha 184 bo‘sh ish o‘rni takl...
O'qishKo‘mir ta’minoti: korrupsiyaning oldini olish – dolzarb vazifa
Yakunlagan kuz-qish mavsumida respublika aholi iste’molchilari va budjet tashkilotlariga har galgidan ko‘p ko‘mir mahsuloti yetkazib berildi. Bu borada yutuqlar bor,...
O'qish“Ayol qismati” filmi namoyish etilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatda diniy terrorizm, aqidaparastlik kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotgan harakatlarning oldini olish hamda ushbu salbiy oqiba...
O'qish