Referendum xalqning irodasini namoyish etishi kerak
Nashr qilingan sana: 26.04.2023 18:09:38Joriy yilning 30 aprel kuni mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi boʻyicha oʻtkaziladigan referendum munosabati bilan "Oʻzbekkoʻmir" AJ "Temir yoʻl transporti" filialida targʻibot tadbiri tashkil etildi.
"Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya oʻzimizniki!" shiori ostida oʻtkazilgan tadbirni jamiyat Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi raisi A.Qayumov qisqacha kirish soʻzi bilan ochib berdi. Taniqli siyosiy sharhlovchi Qobilbek Karimbekov tadbirda ishtirok etib, konstitutsiyaviy islohotning zarurati va ahamiyati, ushbu Bosh qomusimizga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar haqida batafsil tushunchalar berdi. Turli sohada yuksak marralarga erishayotgan va yurtimizdagi yangilanishlar samarasida oʻz kasbi orqali obroʻ-eʼtibor topgan hamyurtlarimiz muhim siyosiy jarayon haqida oʻz fikrlarini bildirdilar.
"Angren koʻmir koni" filiali texnik xodimi Fotima Turgʻunboyeva konchilar nomidan soʻzga chiqib referendum boʻyicha fikrlarini bayon qildi va soʻngida oʻz ijodidan namunalar oʻqidi.
"Ulugʻ yoʻl" gazetasi
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“Angren” ko‘mir koni mehnat jamoalarida
Aprel oyi “Angren” ko‘mir konida muvaffaqiyatli kechdi. Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda oy davomida 1 600,0 kubometr o‘rniga 1735,3 kubometr (135%) hajmida...
O'qishMavjud bo‘sh ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qilindi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘z korxonalaridagi mavjud ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qiladi. Talbagorlarga 99 kasb bo‘yicha 184 bo‘sh ish o‘rni takl...
O'qishKo‘mir ta’minoti: korrupsiyaning oldini olish – dolzarb vazifa
Yakunlagan kuz-qish mavsumida respublika aholi iste’molchilari va budjet tashkilotlariga har galgidan ko‘p ko‘mir mahsuloti yetkazib berildi. Bu borada yutuqlar bor,...
O'qish“Ayol qismati” filmi namoyish etilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatda diniy terrorizm, aqidaparastlik kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotgan harakatlarning oldini olish hamda ushbu salbiy oqiba...
O'qish