Tanqidiy chiqish isbotini topmadi
Nashr qilingan sana: 07.12.2022 16:58:08Ijtimoiy tarmoqda Andijon viloyati Asaka koʻmir omboriga yetkazilgan koʻmir yoqilgʻisi saralanib, maydasi aholiga yetkazib berilmoqda" sarlavhasi ostida fotolavha eʼlon qilingan edi.
Ushbu tanqidiy chiqish yuzasidan "Koʻmir taʼminot" MCHJ Andijon viloyat filiali rahbari B.Sultonov imzosi bilan olingan javob xatida quyidagilar maʼlum qilinadi:
"Maqolada koʻrsatilgan masala oʻrganib chiqilganida, Asaka koʻmir omborida yetkazib berilayotgan koʻmir saralanib, elanib qolgan mayda qismi aholiga tarqatilayotgani haqidagi holat isbotlanmadi. Sababi, Andijon viloyatiga temir yoʻl vagonlarida yetkazilayotgan koʻmir, "Angren" konidan ortilgandan soʻng qatʼiy nazoratga olingan, har bir vagon shahar-tumanlar ehtiyojidan kelib chiqib taqsimlanmoqda. Omborga yetib kelgan vagonlar joylardagi shahar-tuman shtab aʼzolari ishtirokida ochilib, taqsimot asosida MFY vakillari kuzatuvida aholi xonadonlari tarqatilmoqda.
Chop etilgan maqoladagi fotosuratlarda Asaka omboridan Asaka tumani "Turon" MFY aholisi uchun koʻmir ortilgan jarayonlar aks ettirilgan. Ushbu holat joyiga borib oʻrganilgan va aholiga yetkazib berilganligi aniqlangan.
Hozirgi kunda koʻmir yoqilgʻisi barcha tumanlarga qatʼiy grafik asosida yetkazib berilmoqda. Fuqarolar koʻp hollarda koʻmir yetkazish tartibi boʻyicha toʻliq maʼlumotga ega boʻlmaganligi hamda oʻz mahallasi navbatini kutishni istamaganligi uchun norozilik bildirib, internet tarmogʻiga yetarlicha asosli boʻlmagan maʼlumot joylamoqda.
Andijon viloyati aholisiga joriy kuz-qish mavsumi uchun 158 ming tonna koʻmir yetkazib berish rejalashtirilgan. Bugungi kun holatiga 80,1 ming (51 %), Asaka tumani aholisiga rejadagi 10040 tonna koʻmirning 5731 tonna (57 %)si yetkazib berilgan".
"Oʻzbekkoʻmir" AJ Axborot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Mehnat muhofazasi – kasaba uyushmalarining nazoratida
25-aprel kuni “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovi”ning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi....
O'qishSirdaryo musiqali teatri ijodkorlari konchilar huzurida
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida xodimlarning madaniy hordiq chiqarishlariga alohida e’tibor berilmoqda. 25-aprel kuni “Qurilish-montaj ishlar...
O'qishMaxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o'tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJ «ATT» filiali favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tuzilmalari shartli zilzila, yong‘in, ko‘chki paytida qutqaruv, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish b...
O'qish“Korrupsiyaga murosasiz munosabatda bo‘laylik!”
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda. Bugun "Temir yo‘l transporti" filiali...
O'qish