Toshkent viloyatida zavodlar koʻmirga oʻtkazilishi hisobiga 248 million kub metr gaz iqtisod qilinmoqda
Nashr qilingan sana: 18.08.2023 10:12:33Joriy yilning oʻzida viloyatda issiqxona, sement va gʻisht zavodlari koʻmirga oʻtkazilishi hisobiga 248 million kub metr gaz iqtisod qilinmoqda.
Enegretika vazirligi bilan kelishilgan holda koʻmir yetkazib berishning har oylik grafiklari ishlab chiqildi (oʻrtacha 46 ming tonnadan yetkazib beriladi). Shundan may oyi uchun reja 38,6 ming tonna, hozirda 30 ming tonna olib kelindi hamda 18 ming tonnasi isteʼmolchilarga yetkazib berildi.
Viloyat hududlarida 8 ta 100 ming tonnalik koʻmir omborlari mavjud. Omborlarning 4 tasidan temir yoʻl linyalari oʻtgan.
Korxona tomonidan Qozogʻiston respublikasi bilan 500 ming tonnaga hamda 4 ta yirik logistika korxonari bilan oyiga 1000 dona vagonlarni ijaraga olish boʻyicha shartnomalar imzolandi (1 tonna koʻmir uchun chegaragacha 25 dollardan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida 6 dollardan), oʻrtacha import koʻmir narxi 950 mingdan-1 mln soʻmgacha sotilmoqda.
Maʼlumot uchun: 2023-yilda 61 ta issiqxona, 56 ta gʻisht zavodlar koʻmirga oʻtkazilishi hisobiga 248 mln kub metr 2024-yilda Bekobod, Ohangaron siment zavodlari ham koʻmirga oʻtkazilishi natijasida yillik 569 mln kub metr gaz iqtisod qilinadi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Mehnat muhofazasi – kasaba uyushmalarining nazoratida
25-aprel kuni “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovi”ning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi....
O'qishSirdaryo musiqali teatri ijodkorlari konchilar huzurida
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida xodimlarning madaniy hordiq chiqarishlariga alohida e’tibor berilmoqda. 25-aprel kuni “Qurilish-montaj ishlar...
O'qishMaxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o'tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJ «ATT» filiali favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tuzilmalari shartli zilzila, yong‘in, ko‘chki paytida qutqaruv, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish b...
O'qish“Korrupsiyaga murosasiz munosabatda bo‘laylik!”
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda. Bugun "Temir yo‘l transporti" filiali...
O'qish