Xasanboy Qosimov: Avtomobildan bir kunga voz kechdim
Nashr qilingan sana: 23.09.2024 12:50:5222-sentabr ‒ xalqaro avtomobilsiz kun sifatida nishonlandi. Mazkur kun tadbirlarida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati xodimlari ham qatnashdi.
Quvonchlisi, jamiyat tizimidagi korxonalarda “Avtomobilsiz kun” tadbirlarida ishtirok etuvchilar soni yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Yosh mutaxassis Hasanboy Qosimov shulardan biri.
‒ Xalqaro avtomobilsiz kun bu gal yakshanba kuniga to‘g‘ri keldi. Dam olish kunlari esa mashinadan foydalanishga zarurat ortadi. Shunga qaramay, shu kuni men shaxsiy avtoulovimdan foydalanmadim va jismoniy mashg‘ulotlarda qatnashish va hordiq chiqarish uchun sport maskani hamda yoshlar bog‘iga piyoda borib keldim. Albatta, buning uchun ko‘proq vaqt ketdi, ko‘proq piyoda yurdim. Bu sog‘lom turmush tarzining muhim shartlaridan birdir. Qolaversa, shunday qilsak, shahrimiz havosining musaffoligiga ozroq bo‘lsa-da hissa qo‘shgan bo‘lamiz, ‒deydi Hasanboy.
Ma’lumot uchun, Bu sana 1995 yildan beri World Car Free Days konsorsiumi tashabbusi bilan dunyoning yuzlab shaharlarida o‘tkazib kelinmoqda.Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2021-yildan boshlab 22-sentabr respublika bo‘yicha “Avtomobilsiz kun” deb e’lon qilingan. Mazkur kunda aholiga shaxsiy avtomobillardan foydalanmaslik, imkon qadar piyoda yurish, jamoat transportlarida yoki velosiped va shunga o‘xshash salomatlik uchun foydali bo‘lgan transport vositalarida harakatlanish tavsiya etilgan. Maqsad mamlakatimiz aholisi o‘rtasida ekologik madaniyat va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yo‘l harakati xavfsizligini yanada takomillashtirishdan iborat.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

“Angren” ko‘mir konida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
Joriy yilning 11-mart kuni “O‘zbekko‘mir” AJ “Angren ko‘mir koni” filialida “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ob’ekt tuzilmalarining shahar fuqa...
O'qish
Konchi ayol mehnati e’tirof etildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati va uning tizimidagi korxonalarda bugungi kunda ming nafardan ziyoroq xotin-qiz samarali mehnat qilib kelmoqda. 8-mart ba...
O'qish
Shaxta usulida a’lo sifatli ko‘mir qazib olinmoqda
“Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filiali “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi to‘ng‘ich korxonalardan biri bo‘lib, bu yerdan qazib chiqarilayotgan...
O'qish
Ayolga ehtirom — jamiyatga ehtirom
Mamlakatimizda mo‘tabar ayol zotiga hamisha munosib ehtirom ko‘rsatib kelinmoqda. Bu bejizga emas. Xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzi...
O'qish