Yangi 2023-2024-oʻquv yili oldidan konchi ota-onalar va ularning farzandlari ishtirokida tadbir oʻtkazildi.
Nashr qilingan sana: 15.08.2023 15:18:21Qurilish-montaj ishlari filialida tashkil etilgan tadbirda Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi raisi Abdunosir Qayumov konchi ota-onalar va ularning farzandlarini yaqinlashib kelayotgan yangi oʻquv yili bilan tabrikladi. Oʻgʻil-qizlarning oʻqishi, dam olishi uchun barcha zarur yordamlar koʻrsatilishini alohida taʼkidladi.
Bu yil jamiyatga qarashli "Koinot" bolalar yozgi sogʻlomlashtirish oromgohida 1000 nafardan ortiq oʻgʻil-qiz dam olib qaytdi.
Tadbirda konchi ota-onalar soʻzga chiqib farzandlarining kamol topishida jamiyat maʼmuriyati va Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan koʻrsatilayotgan gʻamhoʻrliklar xususida toʻlqinlanib soʻz yuritdilar. Oʻquvchilar taʼtilda yod olgan sheʼrlarini yoddan oʻqib olqishlarga sazovor boʻldilar.
Kam taʼminlangan va koʻp bolali hamda boquvchisini yoʻqotgan konchi oilalarining 70 nafar farzandiga maktab papkasi va oʻquv qurollari toʻplamlari topshirildi.
Obuna boʻling
https://t.me/uzbekcoaluz
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Mehnat muhofazasi – kasaba uyushmalarining nazoratida
25-aprel kuni “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovi”ning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi....
O'qishSirdaryo musiqali teatri ijodkorlari konchilar huzurida
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida xodimlarning madaniy hordiq chiqarishlariga alohida e’tibor berilmoqda. 25-aprel kuni “Qurilish-montaj ishlar...
O'qishMaxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o'tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJ «ATT» filiali favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tuzilmalari shartli zilzila, yong‘in, ko‘chki paytida qutqaruv, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish b...
O'qish“Korrupsiyaga murosasiz munosabatda bo‘laylik!”
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda. Bugun "Temir yo‘l transporti" filiali...
O'qish