Yangilangan Mehnat Kodeksi amaliyotda
Nashr qilingan sana: 16.12.2023 16:55:20"O‘zbekko‘mir" AJ ijro apparatida yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi kuchga kirishi munosabati bilan “Kadrlar, mehnat va haqi xizmati faoliyatida qonun hujjatlari talablariga rioya qilish hamda mehnatga oid hujjatlarni rasmiylashtirish” bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mehnat kodeksining 1995-yildagi birinchi tahriridan farqli ravishda, unda majburiy mehnatni taqiqlash, xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmaslik kabilar asosiy prinsip etib belgilandi. Davlat ehtiyojmand aholini ishga joylash bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlaydi.
Olib borilayotgan mashg‘ulotlarda jamiyat tarkibidagi barcha filiallarning xodimlar bilan ishlash bo‘limi, mehnat va ish haqi bo‘limi xodimlari ishtirok etdi.
Mashg‘ulotlarning birinchi kunida tinglovchilar xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ayrim toifadagi xodimlarga berilgan qo‘shimcha kafolatlar va imtiyozlar xususida ma’ruzalar tingladilar.
Kunning ikkinchi yarmida mashg‘ulotlar ayrim toifadagi xodimlarga berilgan qo‘shimcha kafolatlar va imtiyozlar mavzusi bo‘yicha davom etdi. O‘quv mashg‘ulotlarida mutaxassislarining mehnat qonunchiligidagi yangiliklar bo‘yicha malakasi oshirildi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Mehnat muhofazasi – kasaba uyushmalarining nazoratida
25-aprel kuni “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovi”ning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi....
O'qishSirdaryo musiqali teatri ijodkorlari konchilar huzurida
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida xodimlarning madaniy hordiq chiqarishlariga alohida e’tibor berilmoqda. 25-aprel kuni “Qurilish-montaj ishlar...
O'qishMaxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o'tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJ «ATT» filiali favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tuzilmalari shartli zilzila, yong‘in, ko‘chki paytida qutqaruv, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish b...
O'qish“Korrupsiyaga murosasiz munosabatda bo‘laylik!”
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda. Bugun "Temir yo‘l transporti" filiali...
O'qish