“Yer qa’ri to‘g‘risida”gi qonun ‒ amalda
Nashr qilingan sana: 14.02.2025 05:36:48
Xabaringiz bor, 2024-yil 31-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan "Yer qa’ri to‘g‘risida"gi O‘RQ-987-sonli Qonun imzolangan edi. Ushbu hujjat 2 fevralda kuchga kirdi.
Qonunga ko‘ra, yer qa’ri va yer qa’rida tabiiy yo‘l bilan joylashgan barcha foydali qazilmalar O‘zbekistonning davlat mulki bo‘lib, undan oqilona foydalanish lozim va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Qonun yer osti boyliklariga egalik qilish va ularni tasarruf etish, shuningdek yer qa’ridan foydalanish hamda uni muhofaza qilish chog‘ida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.
Yer qa’ri va yer qa’rida tabiiy yo‘l bilan joylashgan barcha foydali qazilmalar O‘zbekistonning davlat mulki bo‘lib, undan oqilona foydalanish lozim va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Ushbu mulk huquqi har qanday shaxsning yerga va suvga bo‘lgan biror-bir huquqiga yoki mulkchiligiga qaramay qo‘llaniladi.
Davlat yer qa’rini qonunda nazarda tutilgan asoslar, shartlar va chegaralarda foydalanishga beradi.
Yer qa’ri uchastkalari oldi-sotdi, hadya, meros qilib qoldirish, omonat, garov predmeti bo‘lishi yoki har qanday boshqacha shaklda o‘zga shaxsga o‘tkazilishi mumkin emas.
Yer qa’ridan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiruvchi organlar quyidagilardan iborat:
‒ Vazirlar Mahkamasi;
‒ Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi;
‒ Energetika vazirligi;
‒ Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi;
‒ Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi;
‒ “Yer qa’ridan foydalanish markazi” davlat muassasasi;
‒ mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari.
Mанбаа: https://lex.uz/ru/pdfs/7182163
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Yurtimiz hamisha tinch, xalqimiz yanada farovon bo‘lsin!
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda ko‘mir sanoati mehnat faxriylariga “O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori Dusmatov Nodirbek Uktamjanovichning bayram tabrigi Hurma...
O'qish
“Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yildi
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Angren shahridagi Istiqlol maydonidagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maz...
O'qish
Xotira va qadr kechasi o‘tkazildi
Joriy yilning 7-may kuni "O‘zbekko‘mir" AJda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviyat soati o‘tkazildi Angren shahridagi “Zamin-2”...
O'qish
Кorrupsiya qarshi seminar-trening o‘tkazildi
Korrupsiya jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib kelib, barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta’sir etadigan illatdir. Us...
O'qish