Yong‘in xavfsizligi: amaliy ko‘nikmalar oshirilmoqda
Nashr qilingan sana: 02.12.2024 13:49:21Yong‘in xavfsizligi: amaliy ko‘nikmalar oshirilmoqda
O‘lkamizga qish fasli kirib keldi. Ushbu mavsumda tabiiy va texnogen tusdagi ofatlar xavfi kuchayadi. Yong‘inlar, is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida ayni kunlarda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkazilmoqda.
Bugun “Tog‘-kon uskunalarini ta’mirlash zavodi” filialida oylik doirasida targ‘ibot tashviqot tadbirlari o‘tkazildi.
Filial yong‘in nazorati va profilaktika inspektori Abdunabi To‘ychiboev tomonidan korxona sexlari ishchi xodimlari o‘rtasida yong‘in xavfsizligi talablari va qoidalari yuzasidan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari olib borildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasining 2024-yil 28-oktabrdagi 2-son bayoniga asosan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” 15-noyabrdan boshlangan va 15-dekabrga qadar davom etadi. “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktorining “Yong‘in xavfsizligi oyligini o‘tkazish to‘g‘risida” qabul qilingan buyrug‘i asosida tashkil etilayotgan jamiyat tarkibiy tuzilmalarida tashkil etilayotgan tadbirlarda yong‘in xavfsizligi talablari tushuntirilib, ishchi-xodimlarning yong‘inga qarshi amaliy ko‘nikmalarini oshirilmoqda.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Janubiy Koreya delegatsiyasi Angren ko‘mir konida
2025-yil 12-mart kuni Janubiy Koreyaning KOMIR, KIGAM va SOAM kampaniyalari delegatsiyalari “O‘zbekko‘mir” AJ mutaxassislari bilan uchrashdi. Uchrashuvda...
O'qish
“Angren” ko‘mir konida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
Joriy yilning 11-mart kuni “O‘zbekko‘mir” AJ “Angren ko‘mir koni” filialida “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ob’ekt tuzilmalarining shahar fuqa...
O'qish
Konchi ayol mehnati e’tirof etildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati va uning tizimidagi korxonalarda bugungi kunda ming nafardan ziyoroq xotin-qiz samarali mehnat qilib kelmoqda. 8-mart ba...
O'qish
Shaxta usulida a’lo sifatli ko‘mir qazib olinmoqda
“Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filiali “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi to‘ng‘ich korxonalardan biri bo‘lib, bu yerdan qazib chiqarilayotgan...
O'qish