YOSHLARIMIZ XIVAGA SAYOHAT QILADI!
Nashr qilingan sana: 25.07.2023 16:19:28Yurtimizda iqtidorli yoshlarning bilimlarini oshirish va intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish, shuningdek, aholining intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkazilib kelinmoqda.
Aynan shunday tadbirlardan biri 25-iyul sanasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi aʼzolarining yoshlari o‘rtasida “Kasaba bilimdonlari” shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Avval xabar berganimizdek, o'yinda "O'zbekko'mir" aksiyadorlik jamiyatining yoshlari ishtirok etdi.
Yakunda o‘z bilim va intellektual salohiyatni, iqtidori va hozirjavobligini to‘liq namoyon etgan "O'zbekko'mir" AJning bilimdonlari faxrli🥇birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, afsonaviy Xiva shahriga sayohat yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Turnirdagi faxrli ikkinchi🥈o'rin Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi yoshlariga nasib etdi. "Maxam Chirchiq" AJning "Kimyogarlar" jamoasi esa🥉3-o'rin sohibi bo'lishga muvaffaq bo'ldi.
Jamoamiz aʼzolarini ajoyib yutuq bilan tabriklaymiz!
🥇"O'zbekko'mir" AJ - 21 ta to'g'ri javob
🥈Adliya boshqarmasi - 19 ta to'g'ri javob
🥉"Maxam Chirchiq" AJ - 16 ta to'g'ri javob
Siz ham "Zakovat" intellekutal o'yinida ishtirok etib, turli sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritishni istaysizmi? Unday bo'lsa har hafta o'tkaziladigan "Angren zakovat klubi"ning oliy liga o'yinlarida ishtirok eting.
Ro'yxatdan o'tish: ✈️ t.me/AngrenZakovat
Obuna boʻling 👉 t.me/uzbekcoaluz
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“Angren” ko‘mir koni mehnat jamoalarida
Aprel oyi “Angren” ko‘mir konida muvaffaqiyatli kechdi. Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda oy davomida 1 600,0 kubometr o‘rniga 1735,3 kubometr (135%) hajmida...
O'qishMavjud bo‘sh ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qilindi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘z korxonalaridagi mavjud ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qiladi. Talbagorlarga 99 kasb bo‘yicha 184 bo‘sh ish o‘rni takl...
O'qishKo‘mir ta’minoti: korrupsiyaning oldini olish – dolzarb vazifa
Yakunlagan kuz-qish mavsumida respublika aholi iste’molchilari va budjet tashkilotlariga har galgidan ko‘p ko‘mir mahsuloti yetkazib berildi. Bu borada yutuqlar bor,...
O'qish“Ayol qismati” filmi namoyish etilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatda diniy terrorizm, aqidaparastlik kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotgan harakatlarning oldini olish hamda ushbu salbiy oqiba...
O'qish