Yuzma-yuz muloqotda hikmat ko‘p!
Nashr qilingan sana: 10.06.2024 14:05:28Yuzma-yuz muloqotda hikmat ko‘p!
Bugun Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash ustuvor vazifalardan biridir. Ana shu vazifalardan kelib chiqib kuni kecha Angren shahar hokimi Alisher Rayimov jurnalistlar va blogerlar bilan uchrashdi.
Yuzma-yuz muloqot har tomonlama foydali bo‘ldi. Shahar rahbari hududda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan sanoat korxonalari faoliyati, obodonlashtirish, qurilish, yangi ish o‘rinlari, mahalla idoralarigi yangiliklar, yutuq va muammolar, rejalar haqida so‘zlab berdi. Jarayonni keng ommaga yetkazish uchun ijodkorlarni ishlashga da’vat etar ekan, ularni shahar hayoti haqida kontentlar tayyorlayotganda xolis bo‘lishga, faqat jamiyat uchun foyda keltiradigan axborotlar tarqatishga, tasdiqlanmagan gaplar bilan quruq shov-shuv ko‘tarib, obro‘ orttirishdan tiyilishga chaqirdi.
“Biz har qanday taklif va e’tirozlaringizni tinglashga hamisha tayyormiz. Taklif va tanqidlar asosli bo‘lsa, rahmat aytamiz va inobatga olamiz. Siz uchun hokimlikda barcha eshiklar ochiq!”– Alisher Rayimov.
Uchrashuvda ishtirok etgan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati matbuot kotibi Ne’mat Dushaev so‘z olib, korxona faoliyati, yangiliklari xususida gapirib berdi.
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati Angren shahardagi eng yirik va asosiy korxona hisoblanadi. Bugungi kunda bu yerda 6 ming nafardan ziyodroq kishi mehnat qilmoqda.
Korxonada bu yil 6,2 mln tonna ko‘mir qazib olish rejalashtirilgan. Bu bulturgidan 400 ming tonnaga ko‘p. Kelgusi yili bu ko‘rsatkich 6,8 mln tonnaga yetkaziladi. Xullas, ishlar qizg‘in.
Hozirgi kunda jamiyatga hukumat ko‘magida umumiy qiymati 77,1 mln. AQSh dollariga teng eng zamonaviy yangi kon texnikalari keltirish ishlari yakunlanmoqda, – dedi jumladan N.Dushaev. – Ushbu texnikalarni boshqaradigan tajribali mutaxassislar kerak. Ishga qabul esa - shaffof. Hujjatlar onlayn qabul qilinmoqda. Malaka imtihonlari ham kompyuterda o‘tkazila boshladi. Jurnalist va blogerlar mana shu jarayonlarni ham keng yoritsa, bu barcha uchun foydali bo‘lur edi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati qoshida Faxriylar kengashi tuzildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati qoshida Faxriylar kengashi tuzildi Shu munosabat bilan 4 fevral kuni aksiyadorlik jamiyatida tadbir tashkil etildi. Tadbirga...
O'qishKondagi ishlar bir maromda davom etadi
Hozirgi qish mavsumida ochiq kon sharoitida ishlash oson emas: yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi atmosfera yog‘inlari ko‘mir qazib olishni qiyinlashtiradi, goh ish joylarida...
O'qishMehnat bozori va ta’lim integratsiyasi
Davlatimiz rahbarining 2024 yil 30 sentyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi huzurida Milliy malaka tizimini rivo...
O'qishYetakchilar kengashi faoliyati sarhisob qolindi
“Oʼzbekkoʼmir” АJ Boshqaruv apparati faollar zalida filiallardagi yoshlar yetakchilari ishtirokida 2024-yil sarhisobi hamda 2025-yilda amalga oshiriladigan ishlar yuz...
O'qish