Dunyoning eng katta ko‘mir konlari
Nashr qilingan sana: 24.10.2024 00:26:37

Yer yuzida ko‘mir konlari ko‘p. Ammo barcha konlarni ko‘pincha borish qiyin bo‘lgan hududlarda joylashgan bo‘lib, ularning paydo bo‘lish sabablarga ko‘ra hammasini ham o‘zlashtirish mumkin emas. Biz sizning e’tiboringizga ulkan tabiiy boyliklarni o‘z ichiga olgan yirik ko‘mir havzalaridan bir nechtasini havola qilamiz.
TUNGUS HAVZASI, ROSSIYA (KO‘MIR ZAXIRALARI - 2,299 TRILLION TONA)
Ko‘mir konlari hajmi bo‘yicha so‘zsiz dunyo yetakchisi bir million kvadrat kilometrdan ortiq maydonni egallagan va Irkutsk viloyati, Yakutiya va Krasnoyarsk o‘lkasi hududlarini qamrab olgan Rossiyaning Tungus havzasiga tegishli. Blokning zaxiralari 2,299 trillion tonna toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mirni tashkil qiladi. Havza konlarini to‘liq miqyosda o‘zlashtirish haqida gapirishga hali erta, chunki mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish zonalarining aksariyati borish qiyin bo‘lgan hududlarda joylashganligi sababli hali yetarlicha o‘rganilmagan. O‘rganilgan hududlarda qazib olish ochiq va yer osti usullaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
LENA HAVZASI, ROSSIYA (1,647 TRILLION TON)
Yakutiyada va qisman Krasnoyarsk o‘lkasida dunyodagi ikkinchi yirik ko‘mir havzasi joylashgan. Lenskiy konining zaxirasi 1,647 trillion tonna bo‘lib, bu yerda qo‘ng‘ir va toshko‘mir bor. Blokning asosiy qismi Lena daryosi havzasida, Markaziy Yoqut pasttekisligida joylashgan. Ko‘mir havzasining maydoni 750 ming kvadrat kilometrga yetadi. Lena bloki ham hududga kirish imkoni yo‘qligi sababli to‘liq darajada o‘rganilmagan. Qazish ishlari shaxtalarda va ochiq konlarda amalga oshiriladi. Yong‘in sababli “Sangars” koni 1998-yilda yopilgan va hali qayta ishga tushirilmagan.
KANSK-ACHISK HAVZASI, ROSSIYA (638 MILLIARD TONNA)
Dunyodagi eng yirik ko‘mir bloklari reytingida uchinchi o‘rinni Kansk-Achinsk havzasi egallaydi, uning zaxiralari 638 milliard tonna bo‘lib, asosan qo‘ng‘ir ko‘mirdir. Havzaning uzunligi Trans-Sibir temir yo‘li bo‘ylab taxminan 800 kilometrni tashkil qiladi.
Blok Krasnoyarsk o‘lkasi, Irkutsk va Kemerovo viloyatlarida joylashgan. Uning hududida o‘ttizga yaqin konlar topilgan. Havza rivojlanishi uchun normal geologik sharoitlar bilan tavsiflanadi. Qatlamlarning sayoz yuzaga kelishi tufayli hududlarni o‘zlashtirish karyer usuli yordamida amalga oshiriladi.
KUZBASS, ROSSIYA (635 MILLIARD TONNA)
Kuznetsk havzasi mamlakatdagi eng yirik rivojlangan bloklardan biridir. Kuzbassning geologik ko‘mir zaxiralari 635 milliard tonnaga baholanadi. Havza Kemerovo viloyatida va qisman Oltoy va Novosibirsk viloyatida joylashgan bo‘lib, u yerda mos ravishda subbitum ko‘mir va antratsit qazib olinadi. Kuzbassda qazib olishning asosiy usuli er osti usuli hisoblanadi, bu esa yuqori sifatli ko‘mir qazib olish imkonini beradi. Yoqilg‘i hajmining yana 30% ochiq usulda qazib olinadi. Ko‘mirning qolgan qismi - 5% dan ko‘p bo‘lmagan - gidravlikadan olinadi.
ILLINOIS HAVZASI, AQSH (365 MILLIARD TONNA)
Dunyodagi beshinchi yirik ko‘mir zaxirasi Ilinoys havzasi bo‘lib, maydoni 122 ming kvadrat kilometrga teng. Ushbu havza Illinoys va Kentukki hamda Indiana shtatlarining bir-biriga qo‘shni mintaqalarida joylashgan.
Havzadagi ko‘mirning geologik zaxiralari 365 milliard tonnaga yetadi, shundan 18 milliard tonnasi 150 metr chuqurlikda bo‘lib, ochiq usulda qazib olish uchun qulay. Ularning 90 foizgacha qismi, ya’ni mavjud to‘qqizta qatlamdan faqat ikkitasi ‒ Xarrisburg va Xerrindan olinadi. Taxminan bir xil miqdordagi ko‘mir issiqlik energetikasi ehtiyojlari uchun ishlatiladi, qolgan hajmlar kokslanadi.
RUR HAVZASI, GERMANIYA (287 MILLIARD TONNA)
Mashhur nemis Rur bloki Reynning o‘ng irmog‘i bo‘lgan xuddi shu nomdagi daryo havzasida joylashgan. Bu XIII asrdan beri ma’lum bo‘lgan eng qadimgi ko‘mir qazib olish joylaridan biri.
Ko‘mirning sanoat zaxiralari 6,2 ming kvadrat kilometr maydonda, ikki kilometrgacha chuqurlikda joylashgan, ammo umumiy og‘irligi 287 milliard tonnagacha bo‘lgan geologik qatlamlar olti kilometrga yetadi. Konlarning 65 foizga yaqini kokslanadigan ko‘mirdir. Kon qazib olish faqat yer ostida amalga oshiriladi. Shaxtalarning maksimal chuqurligi 940 metrni tashkil qiladi (Gyugo koni).
Xorij nashrlari asosida Ne’mat Dushayev tayyorladi.
Manbaa: https://www.mining-portal.ru/news/all-news/top-10-krupneyshih-ugolnyih-mestorojdeniy-mira/
Oxirgi yangiliklar:
Jamoa shartnomasi: huquq, kafolat va imtiyozlar muhokama markazida
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi filiallarda 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan Jamoa shartnomasining mazmun-mohiyatini mehnat jamoalariga yetkazishga qarati...
O'qish
Murojaat o‘z tasdig‘ini topdi: mas’ul xodimlarga intizomiy choralar qo‘llanildi
“O‘zbekko‘mir” AJ murojaatlar boti orqali fuqaro M.A. Xudoyberdievadan “Ko‘mir ta’minot” MChJ Namangan filiali Uchqo‘rg‘on tumani ko‘mir ombori faoliyati yuzasidan m...
O'qish
Ko‘mir sohasidagi yangi islohotlar: bozor mexanizmlari va ijtimoiy himoya
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyuldagi 418-son qarori mamlakatda ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirish, bozor mexanizmlarini keng joriy eti...
O'qish
Islom sivilizatsiyasi markazi – ma’naviy-ma’rifiy sayohatning bosh manzili
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi xalqimizning ko‘p asrlik ilmiy-ma’rifiy merosi va buyuk ajdodlarimiz qold...
O'qish