«Oʻzbekkoʻmir» AJ Bosh direktorining matbuot kotibi-axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi
+99893-380-72-62
+99878 150-39-80
Tarjimai hol
1963 yil 14 noyabrda Toshkent viloyatining Angren shahrida tugʻilgan. 1989 yilda hozirgi Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutini tugatgan. Jurnalist, adabiyotchi. Oʻndan ortiq kitoblar chop etilgan. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
Mehnat faoliyati:
• 1982-1982 yy. ‒ Angren keramika kombinati, stavilщik-viborщik.
• 1982-1986 yy. ‒ V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, elektr obmotchik.
• 1986—1989 yy. ‒ «Ohangaron» gazetasi, muxbir.
• 1989-1993 yy. ‒ «Angren haqiqati» gazetasi, muxbir, masʼul kotib, muharrir oʻrinbosari.
• 1993-1994 yy. ‒ «Ohangaron» gazetasi, maxsus muxbir.
• 1994-2005 yy.‒ «Oʻzbekiston milli axborot agentligi (OʻzA), Toshkent viloyati boʻyicha maxsus muxbir, bjro mudiri.
• 2005-2010 yy. ‒ «Dovon gazetasi bosh muharriri, Angren shahar Sogʻlom MFY raisi
• 2010-2019 yy.‒ «Ulugʻ yoʻl» gazetasi bosh muharriri
• 2019 yildan – «Oʻzbekkoʻmir» AJ matbuot kotibi
Funksional majburiyatlari:
• «Oʻzbekkoʻmir» aksiyadorlik jamiyatining axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirish ishlarini olib boradi.
• Axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi va boshqa organlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni taʼminlaydi.
• «Oʻzbekkoʻmir» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati faoliyatini muvofiqlashtiradi. Keng jamoatchilikni «Oʻzbekkoʻmir» AJ aksiyadorlik jamiyatining faoliyati, uning sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlari toʻgʻrisida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilib boradi.
• «Oʻzbekkoʻmir» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-saytida axborotni tezkorlik bilan joylashtirish va oʻz vaqtida yangilab boradi, ijtimoiy tarmoqlardagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantiradi.
• «Oʻzbekkoʻmir» aksiyadorlik jamiyati faoliyati boʻyicha milliy va xorijiy OAVda tarqatish uchun xabar, axborot-maʼlumot materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlaydi.
• Axborot maydoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, ularga munosabat bildirishning turlari, usullari va darajasi boʻyicha ekspertlar bilan birgalikda takliflar tayyorlaydi.
• Jamiyat faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holati hamda milliy va xorijiy OAV pozitsiyasini tahlil qilish va ular toʻgʻrisida rahbariyatga axborot berib boradi.
• Aksiyadorlik jamiyati faoliyati sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallar maʼlumotlar bankini shakllantiradi va yuritadi.
• Aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holati hamda milliy va xorijiy OAV pozitsiyasini tahlil qilish
Matbuot kotibining OAVdagi chiqishlari:
«Qora oltin» zaxiramiz necha yilga yetadi? ‒ O‘zA, 2023-yil 27-yanvar
Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha davra suhbati ‒ O'zbekiston radiosi, 2023-yil 21-yanvar
“ZARB” tok-shousi ‒ «MILLIY TV» telekanali, 2022-yil 8-dekabr
“Odamlar orasida” ko‘rsatuvi ‒ Sevimli TV, 2022-yil 11-dekabr
Aholi isteʼmolchilarini taʼmirlash uchun ko‘mir yetarlimi? ‒ O‘zbekiston radiosi, 2022-yil 19-dekabr
"Munosabat” tok-shousida yashil energetika mavzusi keng muhokamasi ‒ O‘zTV, 2022-yil 13-dekabr
"Ko'mir koniga press-tur va uning ahamiyati" ‒ Veb-sayt, 2021-yil 4-noyabr
Qonun hujjatlari: