Manfaatlar to‘qnashuvi reyestrining namunaviy shakllari tasdiqlandi
Nashr qilingan sana: 05.11.2024 06:19:41Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining “Mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma, ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyalar va manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reyestrining namunaviy shakllarini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i tasdiqlandi.
Buyruq ilovasiga muvofiq, davlat organlari yoki boshqa tashkilotlarda quyidagi namunaviy shakllar asosida hujjatlar to‘ldiriladi va yuritiladi:
– Mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma;
– Xodimning ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyasi;
– Aloqador shaxslarning ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyasi.
Manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reyestri:
– Mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimida manfaatlar to‘qnashuvi holati vujudga kelganda ushbu xodim tomonidan;
– Ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiya xodim ishga qabul qilinayotganda, boshqa ishga o‘tkazilayotganda va yil yakuniga ko‘ra xodim tomonidan;
– Aloqador shaxslarning ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiya xodimga aloqador shaxslar tomonidan to‘ldiriladi.
Mavjud va ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi Manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reyestriga kiritiladi.
Ushbu namunaviy shakllar davlat organlari yoki boshqa tashkilotlarda manfaatlar to'qnashuviga oid yuqoridagi hujjatlarning to‘ldirilishi va yuritilishi bo‘yicha bir xil yondashuv va amaliyotni joriy etishni ko‘zda tutadi.
Mazkur buyruq joriy yilning 6-dekabr sanasidan eʼtiboran kuchga kiradi.
Manbaa: (https://aca.uz/storage/VtK8IS264kpJ2VFAdyDJXuiFAY7HPw-metaMzU2OS5wZGY=-.pdf)
Vfy,f
Oxirgi yangiliklar:
Ta’minot: ko‘mir kondan xonadongacha − kim nimaga javobgar?
Ko‘mir ta’minoti faqat mahsulotni qazib olish va sotishdan iborat emas. Bu jarayondaishlab chiqaruvchi, birja, tadbirkor, tashuvchi va iste’molchi ishtirok etadi. Ularnin...
O'qish
INSON QADRI — E’TIBOR VA E’ZOZDA!
Hurmatli hamkasblar, qadrli konchilar va mehnat faxriylari! Sizlarni 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati Birlas...
O'qish
ISHCHI INSON MANFAATI — ENG OLIY QADRIYATIMIZ
Qadrli kasaba uyushmalari faollari va aʼzolari, aziz konchilar, hurmatli hamkasblar! Sizlarni 11 noyabr — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbimdan sami...
O'qish
Ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlash ishlari infografika
Ayni kunlarda aholini 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlash ishlari jadal davom etmoqda. “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan mavsum davo...
O'qish