“Qog‘ozsiz bir kun” eko-aksiyasida faol ishtirok eting!
Nashr qilingan sana: 23.10.2024 01:45:43#Eko-aksiya
Mamlakatimiz bo‘ylab 25-oktabrda “Qog‘ozsiz bir kun” respublika eko-aksiyasi o‘tkaziladi.

Ushbu tadbir har qanday tashkilotning yuragi hisoblanadigan devonxonalarga g‘oyatda aloqadorligi jihatidan o‘ta muhimdir. Zero, biz aynan hujjatlar bilan ishlaymiz va yozishmalarni qabul qilish, ro‘yxatga olish, hisobini yuritish, taqsimlash va jo‘natish ishlarini amalga oshirib kelamiz. Bunda hujjatlarning qog‘oz shaklidan ham foydalaniladi. Ayni paytda elektron dasturda hujjatlar hisobi bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini ham yuritamiz. To‘rt nafar xodim ishlaydigan devonxonamizda qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalar ham bajariladi.
Texnologiyaning rivojlanishi bilan devonxonamiz funksiyalari sezilarli o‘zgarishlarga duch kelmoqda. Jarayonlarni avtomatlashtirish, elektron hujjat aylanishini joriy etish va maxsus dasturiy ta’minotdan foydalanish xodimlar mehnatini sezilarli darajada soddalashtirmoqda. Hozirda kerakli hujjatlarni tezda topish va ularni hamkasblarimizga oson yuborish, topshiriqlarning bajarilishi holatini kuzatish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada qog'ozni tejash va undan oqilona foydalanishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 2010-yil 22-iyuldagi 155-son qarori asosida o‘tkazilayotgan “Qog‘ozsiz bir kun” eko-aksiyasidan maqsad daraxtlarni asrab-avaylash, ulardan ishlab chiqarilayotgan qog‘ozlar sonini kamaytirish, mebel jihozlarini yasashda qayta ishlangan xom ashyolardan keng foydalanishni targ‘ib etishdan iboratdir. Aksiyani tashkil etish va o‘tkazish uchun mablag‘ talab etilmaydi.
Fursatdan foydalanib, biz barchani, ayniqsa hujjatlar bilan ishlaydigan xodimlarni eko-aksiyada faol ishtirok etishga chaqiramiz.
Dilshodbek Ziyayev,
“O‘zbekko‘mir” AJ ijro apparati devonxona mudiri
Oxirgi yangiliklar:
Ta’minot: ko‘mir kondan xonadongacha − kim nimaga javobgar?
Ko‘mir ta’minoti faqat mahsulotni qazib olish va sotishdan iborat emas. Bu jarayondaishlab chiqaruvchi, birja, tadbirkor, tashuvchi va iste’molchi ishtirok etadi. Ularnin...
O'qish
INSON QADRI — E’TIBOR VA E’ZOZDA!
Hurmatli hamkasblar, qadrli konchilar va mehnat faxriylari! Sizlarni 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati Birlas...
O'qish
ISHCHI INSON MANFAATI — ENG OLIY QADRIYATIMIZ
Qadrli kasaba uyushmalari faollari va aʼzolari, aziz konchilar, hurmatli hamkasblar! Sizlarni 11 noyabr — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbimdan sami...
O'qish
Ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlash ishlari infografika
Ayni kunlarda aholini 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlash ishlari jadal davom etmoqda. “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan mavsum davo...
O'qish