“Angren” ko‘mir konida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
Nashr qilingan sana: 11.03.2025 17:19:07
Joriy yilning 11-mart kuni “O‘zbekko‘mir” AJ “Angren ko‘mir koni” filialida “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ob’ekt tuzilmalarining shahar fuqaro muhofazasi xizmatlari bilan hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining va Toshkent viloyati Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining tegishli buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Mashg‘ulot uch bosqichda amalga oshirildi.
Birinchi bosqichda “Angren ko‘mir koni” filialining 12-bo‘limida shartli zilzila natijasida 1 nafar ishchi-xodim elektr temir ustunlar ostida qolgan holda jarohatlanganligi aniqlandi. Fuqaro muhofazasining sanitar-drujinasi tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, qutqaruv guruhi tomonidan qutqaruv ishlari bajarildi. Jabrlangan shaxs tez tibbiy yordam xizmati orqali shahar markaziy shifoxonasiga yetkazildi.
Ikkinchi bosqichda 53-bo‘limda joylashgan 3-5 konveyer liniyasida shartli zilzila natijasida yana bir nafar ishchi jabrlanganligi aniqlandi. Unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, 2-Alohida harbiylashtirilgan kon-qutqaruv bo‘linmasi tomonidan qutqaruv ishlari olib borildi. Jabrlangan shaxs markaziy shifoxonaga yuborildi.
Uchinchi bosqichda 12-uchastkada zilzila natijasida yong‘in chiqqanligi haqida xabar kelib tushdi. Aloqa va xabar berish guruhi tomonidan tezkor ravishda barcha xizmatlar ogohlantirildi. Yong‘inni bartaraf etish uchun 53-Kasbiylashtirilgan yong‘in-qutqaruv qismi jalb etildi va yong‘in muvaffaqiyatli o‘chirildi.
S o‘nggi bosqic o‘quv mashqi jarayonida shartli zilzila paytida filial hududida radiatsiya nurlari aniqlanganligi belgilandi. Radioaktiv zona maxsus lenta bilan o‘rab olinib, tegishli belgi o‘rnatildi.
Maxsus-taktik o‘quv mashqida 58 nafar ishchi-xodim hamda 10 ta maxsus texnika ishtirok etdi. Tadbir yakunida “Angren ko‘mir koni” filiali favqulodda vaziyatlarga tayyorlik bo‘yicha “Cheklangan tayyor” deb baholandi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Konchi ayol mehnati e’tirof etildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati va uning tizimidagi korxonalarda bugungi kunda ming nafardan ziyoroq xotin-qiz samarali mehnat qilib kelmoqda. 8-mart ba...
O'qish
Shaxta usulida a’lo sifatli ko‘mir qazib olinmoqda
“Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filiali “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi to‘ng‘ich korxonalardan biri bo‘lib, bu yerdan qazib chiqarilayotgan...
O'qish
Ayolga ehtirom — jamiyatga ehtirom
Mamlakatimizda mo‘tabar ayol zotiga hamisha munosib ehtirom ko‘rsatib kelinmoqda. Bu bejizga emas. Xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzi...
O'qish