Bir kilogramm ko‘mirdan qancha elektr ishlab chiqariladi
Nashr qilingan sana: 25.09.2024 09:41:54
Respublikamizdagi ko‘mir yoqilg‘isiga ixtisoslashtirilgan issiqlik elektr stansiyalarida mahalliy va asosan Qozog‘istondan keltiriladigan import ko‘mirning omixtasidan foydalaniladi. Mazkur ko‘mirlar omixtasining issiqlik berish darajasi 3 000 kkalga keltiriladi.
Energetika vazirligi Axborot xizmati-ning “Issiqlik elektr stansiyalari” AJdan olingan ma’lumotlarga tayanib xabar qilishicha, ushbu bir tonna omixta ko‘mirning o‘rtacha narxi olib kelish hamda yuklash xarajatlari bilan birga 425 ming so‘mni tashkil qiladi.
1 kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun xuddi shu omixta ko‘mirdan o‘rtacha 1,2–1,4 kilogramm sarflanadi. Aytish kerakki, ko‘mir stansiyasida elektr energiya ishlab chiqarish tannarxi tarkibida yoqilg‘i xarajatlari 60 foizni, mehnatga haq to‘lash xarajatlari 8 foizni, bino va energo uskunalarning eskirish xarajatlari 8,2 foizni, ta’mirlash xarajatlari 5 foizni, kurs farqidan zararlar 8 foizni, jalb qilingan kredit foizlari to‘lovlari 4 foizni, soliq to‘lovlari 1,5 foizni va boshqa xarajatlar 5,3 foizni tashkil qiladi.
Bugungi kunda ko‘mir yoqilg‘isiga ixtisoslashtirilgan issiqlik elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish tannarxi qo‘shimcha qiymat solig‘i bilan 848,4 so‘mga tengdir.
Ma’lumot uchun, “O‘zbekko‘mir” AJda qazib olinayotgan ko‘mirning asosiy qismi Angren va Yangi Angren issiqlik elektr stansiyalari ehtiyojlari uchun yuklab yuboriladi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

“Angren” ko‘mir konida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
Joriy yilning 11-mart kuni “O‘zbekko‘mir” AJ “Angren ko‘mir koni” filialida “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ob’ekt tuzilmalarining shahar fuqa...
O'qish
Konchi ayol mehnati e’tirof etildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati va uning tizimidagi korxonalarda bugungi kunda ming nafardan ziyoroq xotin-qiz samarali mehnat qilib kelmoqda. 8-mart ba...
O'qish
Shaxta usulida a’lo sifatli ko‘mir qazib olinmoqda
“Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filiali “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi to‘ng‘ich korxonalardan biri bo‘lib, bu yerdan qazib chiqarilayotgan...
O'qish
Ayolga ehtirom — jamiyatga ehtirom
Mamlakatimizda mo‘tabar ayol zotiga hamisha munosib ehtirom ko‘rsatib kelinmoqda. Bu bejizga emas. Xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzi...
O'qish