“Dolzarb 30 kun” tadbirilari sarhisobi
Nashr qilingan sana: 12.08.2023 18:44:07Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Farmoniga asosan 2023-yil 10-iyuldan 10-avgustgacha Respublika hududida Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha “Dolzarb 30 kun” tadbiri boʻyicha “Oʻzbekkoʻmir” AJ bosh direktori Vladimir Kuznetsovning 2023-yil 10-iyul kuni № 11-PP sonli buyrugʻi ishlab chiqilib chora tadbirlar belgilandi.
Ushbu oy davomida korxonaning barcha filiallari xodimlari ishtirokida davra suhbatlari, seminarlar tashkillashtirildi. Oʻtkazilgan seminarlarda korxonada va filiallarda yongʻin xavfsizligini taʼminlash, birlamchi yongʻin oʻchirish vositalaridan foydalanish, favqulodda holatlarda harakatlanish tartibi, xavfsizlik va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borildi.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish lozimligi munosabati bilan sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻin, gaz va havo aralashmasining chaqnashi hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida, quyidagilarga rioya qilinishi boʻyicha quyida tavsiyalar berildi.
- tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmaslik;
- elektr xoʻjaligida ortiqcha yuklanish va elektr simlarning qisqa tutashuvdan sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻinlarning oldini olish lozimligi sababli sifat sertifikatiga ega boʻlgan himoya saqlagichlaridan (avtomatlardan) foydalanish;
- nosoz, qoʻlbola isitish moslamalaridan foydalanmaslik, standart talablariga javob beradigan isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning yoʻriqnomasidan foydalanish;
- korxona hududida belgilanmagan joylardan tashqarida sigaret chekmaslik,
- filiallar hududidagi qurigan oʻtlardan tozalash va hududdan tashqariga olib chiqish,
- nosoz xoldagi elektr moslamalaridan foydalanmaslik.
Yuqoridagilar bo'yicha tegishli o'quv mashg'ulotlari muntazam o'tkazilib borilishi belgilab qo'yildi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Konchilar spartakiadasi: g‘oliblar munosib taqdirlandi
«O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuniga bag‘ishlab an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan «Konchilar...
O'qishKonchilar spartakiadasi: do‘stlik g‘alaba qozonadi
Bugun ertalab «O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuniga bag‘ishlab an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan «K...
O'qishMangu xotirangiz oldida ta’zimdamiz, mard o‘g‘lonlar!
Bugun, 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Angren shahar Xotira huyobonidagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimi o'tkazildi. Ush...
O'qish“Angren” ko‘mir koni mehnat jamoalarida
Aprel oyi “Angren” ko‘mir konida muvaffaqiyatli kechdi. Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda oy davomida 1 600,0 kubometr o‘rniga 1735,3 kubometr (135%) hajmida...
O'qish