Ko'mir mahsulotini saqlash talablariga rioya qiling
Nashr qilingan sana: 06.12.2022 17:42:32"Zoʻr TV" telekanalining “Bu kun” informatsion dasturida Samarqand viloyati Toyloq tumani xalq taʻlimi boʻlimiga qarashli umumtaʻlim maktablarining ayrimlari yaxshi isitilmayotgani, xususan, kuz-qish mavsumi uchun yetkazib berilgan koʻmir mahsulotining sifati xususida tanqidiy lavha eʻlon qilindi.
“Oʻzbekkoʻmir” AJ Axborot xizmati ushbu telelavhada koʻtarilgan masalani oʻrganib chiqib quyidagilarni maʼlum qiladi:
Samarqand viloyati byudjet tashkilotlariga 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumi 46 ming 940 tonna mahalliy koʻmir yetkazib berish rejalashtirilgan boʻlib, shundan 30 ming 764 tonnasi viloyat xalq taʻlimi tizimidagi muassasalar ulushiga toʻgʻri keladi. Ushbu mahsulot tegishli taʻlim muassasalariga joriy yilning iyun oyida toʻliq yetkazib berilgan.
Toyloq tumani xalq taʻlimi boʻlimi tizimidagi muassasalarga ajratilgan jami 1 ming 535 tonna koʻmir mahsuloti tuman xalq taʻlimi boʻlimi taʻminotchisi X.Hamitov tomonidan uning nomiga berilgan ishonchnomalar asosida “Koʻmir taʻminot” MCHJ Samarqand filialiga qarashli Jomboy va Samarqand hududiy koʻmir omborlaridan olib ketilgan.
Tuman xalq taʻlimi boʻlimi taʻminotchisining koʻmir mahsulotlari miqdori va sifatiga hech qanday eʻtirozi yoʻqligi toʻgʻrisida kafolat xatlari taqdim qilingan.
Maʻlumot uchun, respublika byudjet tashkilotlariga berilgan mahalliy koʻmir 2BR markali boʻlib, fraksiyasi – 0-300 mm ni, kulchanligi ‒ 17 foiz, namligi ‒ 40 foiz, tarkibida uchrashi mumkin boʻlgan togʻ jinslari ‒ 3 foizni tashkil etadi.
Angren koʻmir koniga tegishli qoʻngʻir koʻmir qattiqlik darajasi boʻyicha 4-shkalada boʻlib, nisbatan yumshoqlik xossasiga ega. Shundan kelib chiqib, uning oʻz inkubatsiya davri va saqlash talablariga rioya qilish lozim. Har qanday koʻmir ochiq havoda qolsa, taxminan 20 kundan keyin oʻz xususiyatlarini yoʻqota boshlaydi va koʻmir qurib, uqalanib ketishi mumkin.
Shu boisdan respublika isteʼmolchilariga qattiq yoqilgʻining sifati buzilmasligi uchun uni xarid qilib olganidan soʻng, maxsus omborlarda, quyoshning nuri tushmaydigan, usti yopiq joylarda saqlash tavsiya etilgan.
“Oʻzbekkoʻmir” AJ Axborot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“Angren” ko‘mir koni mehnat jamoalarida
Aprel oyi “Angren” ko‘mir konida muvaffaqiyatli kechdi. Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda oy davomida 1 600,0 kubometr o‘rniga 1735,3 kubometr (135%) hajmida...
O'qishMavjud bo‘sh ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qilindi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘z korxonalaridagi mavjud ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qiladi. Talbagorlarga 99 kasb bo‘yicha 184 bo‘sh ish o‘rni takl...
O'qishKo‘mir ta’minoti: korrupsiyaning oldini olish – dolzarb vazifa
Yakunlagan kuz-qish mavsumida respublika aholi iste’molchilari va budjet tashkilotlariga har galgidan ko‘p ko‘mir mahsuloti yetkazib berildi. Bu borada yutuqlar bor,...
O'qish“Ayol qismati” filmi namoyish etilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatda diniy terrorizm, aqidaparastlik kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotgan harakatlarning oldini olish hamda ushbu salbiy oqiba...
O'qish