Korrupsiyani birgalikda yengamiz!
Nashr qilingan sana: 07.12.2022 14:38:35"9 dekabr – Xalqaro korrrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan respublikamiz boʻylab aksilkorrupsiya haftaligi tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Bugun "Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyatida ham "Korrupsiyani birgalikda yengamiz!" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda xalqaro auditor Ravshan Azimov, Angren shahar prokurorining katta yordamchisi Shamsixon Odilova, jamiyat tarkibiy tuzilmalari rahbarlari va xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Yangi Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Ilk bor korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va tizimli tahlil qilish, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf qilish uchun masʼul boʻlgan alohida organ ‒ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Davlat hokimiyati organlari va yirik xoʻjalik yurituvchi subyektlarda, shu jumladan, "Oʻzbekkoʻmir" AJda ham korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Jamiyat komplayens nazorat xizmati boshligʻi Erkin Amanov kirish soʻzi bilan ochib bergan va boshqarib borgan tadbirda korrupsiya dunyoning koʻplab mamlakatlaridagi eng dolzarb muammolardan biri hisoblanishi, u jiddiy ijtimoiy, maʻnaviy, iqtisodiy va siyosiy muammolar keltirib chiqarishi, bu hol davlat organlari faoliyatiga salbiy taʻsir koʻrsatishi alohida taʻkidlandi. ISO 37001:2016 xalqaro standarti korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratishning xalqaro usullarini oʻzida jamlagan boʻlib, u korrupsiyaga qarshi mukammal boshqaruv tizimini yoʻlga qoʻyishga xizmat qiladi.
Seminar-treningda yetakchi xalqaro auditor Ravshan Azimov "ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablari asosida korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻllari" mavzusidagi maʻruzasi bilan ishtirok etdi.
Tadbirda ishtirokchilari mavzu yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“Angren” ko‘mir koni mehnat jamoalarida
Aprel oyi “Angren” ko‘mir konida muvaffaqiyatli kechdi. Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda oy davomida 1 600,0 kubometr o‘rniga 1735,3 kubometr (135%) hajmida...
O'qishMavjud bo‘sh ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qilindi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘z korxonalaridagi mavjud ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qiladi. Talbagorlarga 99 kasb bo‘yicha 184 bo‘sh ish o‘rni takl...
O'qishKo‘mir ta’minoti: korrupsiyaning oldini olish – dolzarb vazifa
Yakunlagan kuz-qish mavsumida respublika aholi iste’molchilari va budjet tashkilotlariga har galgidan ko‘p ko‘mir mahsuloti yetkazib berildi. Bu borada yutuqlar bor,...
O'qish“Ayol qismati” filmi namoyish etilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatda diniy terrorizm, aqidaparastlik kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotgan harakatlarning oldini olish hamda ushbu salbiy oqiba...
O'qish