Mehnat yarmarkasida konchilik kasblariga qiziqish yuqori
Nashr qilingan sana: 30.09.2024 14:05:28
Yaqinda Angren shahridagi qurilish mutaxassislari malakasini oshirish markazida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Unda. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati vakillari tomonidan taklif etilgan bo‘y ish o‘rinlari yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Markaz direktori Abdurashid Ergashev boshchiligida mehnat yarmarkasida ishga joylashish istagida bo‘lgan shaxslar to‘g‘ridan-to‘g‘ri maslahat olish uchun markaz mutaxassislariga murojaat qildilar va o‘z hujjatlarini taqdim etgan holda savollariga javob oldilar.
Qurilish sohasi mutaxassislarini tayyorlash markazi ikki yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritib, mehnatkash yoshlar vakillari orasida muayyan muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Markazni tamomlagan yosh mutaxassislarga nafaqat yurtimiz, balki xorijda ham hayotning turli jabhalarida talab katta. Bu esa mazkur ta’lim dargohida mehnat qilayotgan ustozlarning asosiy xizmatlaridir. Ular orasida avvallari mahalliy ko‘mir korxonalarida ishlab, hozirda o‘qituvchilikka o‘tganlar ko‘p.
– Men “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida uzoq yillar ishladim, – deydi ko‘prikli kranlarni boshqarish bo‘yicha mutaxassis Abduraim Haydarov. – Hozir markazda mazkur inshootlarning yosh operatorlarini tayyorlayman. Ko‘prikli kranlar ustaxonalar shifti ostida joylashgan relslarda, portalli kranlar esa yerga yotqizilgan relslarda harakatlanadi. Bunday texnikalarni boshqarish xotin-qizlar uchun juda ma’qul bo‘lib, ular ushbu mexanizmlarning yuk ko‘tarish qobiliyati, xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lishmoqda.
– O‘g‘il-qizlarga avtokranni to‘g‘ri boshqarishni o‘rgataman, – deydi yosh o‘qituvchi Abror Abdumalikov, – dastgohning yuk ko‘tarish quvvati 32 tonna, teleskopik “bom”ning masofasi 30 metrdan oshadi. Bunday maxsus jihozlar ishlab chiqarish ob’ektlarida ishlaydi va bu yerda ko‘p narsalarni, birinchi navbatda, oddiy xavfsizlik qoidalarini bilish muhimdir.
Markaz rahbariyati ustoz va talabalarni zarur o‘quv qurollari hamda o‘quv xonalarini maxsus jihozlar bilan ta’minlash haqida ham to‘liq g‘amxo‘rlik qilmoqda.
Izohlar
Abdullayev Isroil Abdulfatoxovich
30.09.2024 14:32:44Oxirgi yangiliklar:

“Angren” ko‘mir konida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
Joriy yilning 11-mart kuni “O‘zbekko‘mir” AJ “Angren ko‘mir koni” filialida “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ob’ekt tuzilmalarining shahar fuqa...
O'qish
Konchi ayol mehnati e’tirof etildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati va uning tizimidagi korxonalarda bugungi kunda ming nafardan ziyoroq xotin-qiz samarali mehnat qilib kelmoqda. 8-mart ba...
O'qish
Shaxta usulida a’lo sifatli ko‘mir qazib olinmoqda
“O‘zbekko‘mir” AJda ko‘mir ikki usul - ochiq ochiq va shaxta usulida qazib olinadi. Konlarda, ayni dam olish kunlariga qaramay, ishlab chiqarish bir maromda, uzl...
O'qish
Ayolga ehtirom — jamiyatga ehtirom
Mamlakatimizda mo‘tabar ayol zotiga hamisha munosib ehtirom ko‘rsatib kelinmoqda. Bu bejizga emas. Xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzi...
O'qish