Bir kilogramm ko‘mirdan qancha elektr ishlab chiqariladi
Nashr qilingan sana: 25.09.2024 09:41:54
Respublikamizdagi ko‘mir yoqilg‘isiga ixtisoslashtirilgan issiqlik elektr stansiyalarida mahalliy va asosan Qozog‘istondan keltiriladigan import ko‘mirning omixtasidan foydalaniladi. Mazkur ko‘mirlar omixtasining issiqlik berish darajasi 3 000 kkalga keltiriladi.
Energetika vazirligi Axborot xizmati-ning “Issiqlik elektr stansiyalari” AJdan olingan ma’lumotlarga tayanib xabar qilishicha, ushbu bir tonna omixta ko‘mirning o‘rtacha narxi olib kelish hamda yuklash xarajatlari bilan birga 425 ming so‘mni tashkil qiladi.
1 kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun xuddi shu omixta ko‘mirdan o‘rtacha 1,2–1,4 kilogramm sarflanadi. Aytish kerakki, ko‘mir stansiyasida elektr energiya ishlab chiqarish tannarxi tarkibida yoqilg‘i xarajatlari 60 foizni, mehnatga haq to‘lash xarajatlari 8 foizni, bino va energo uskunalarning eskirish xarajatlari 8,2 foizni, ta’mirlash xarajatlari 5 foizni, kurs farqidan zararlar 8 foizni, jalb qilingan kredit foizlari to‘lovlari 4 foizni, soliq to‘lovlari 1,5 foizni va boshqa xarajatlar 5,3 foizni tashkil qiladi.
Bugungi kunda ko‘mir yoqilg‘isiga ixtisoslashtirilgan issiqlik elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish tannarxi qo‘shimcha qiymat solig‘i bilan 848,4 so‘mga tengdir.
Ma’lumot uchun, “O‘zbekko‘mir” AJda qazib olinayotgan ko‘mirning asosiy qismi Angren va Yangi Angren issiqlik elektr stansiyalari ehtiyojlari uchun yuklab yuboriladi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“Energetika xavfsizligi oyligi” tadbirlari davom etmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida “Energetika xavfsizligi oyligi” tadbirlari doirasida qish mavsumini betalofat o‘tkazish, iste’molchilarni yoqilg‘i-energi...
O'qishHamkor korxona vakillari bilan uchrashuv
19-dekabr kuni “Carbon-polymer” MChJ vakillari “O‘zbekko‘mir” AJda bo‘ldilar Shu munosabat jamiyat ijro apparati bo‘lim va boshqarmalari hamda tarkibiy tuzilm...
O'qishKo‘mir koni zinalari bo‘ylab...
Qadimgi Ohangaron vodiysi hududida tektonik kuchlar ta’sirida bo‘r yotqiziqlari ochilib, ular ostidan yura davrining ko‘mirli qatlamlari yer yuzasiga chiqqan. Bu yerdagi...
O'qishKorrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatlarni shakllantiraylik!
Ayni kunlarda “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibiy tuzilmalarida “Aksilkorrupsiya oyligi” tadbirlari doirasida seminar va davra suhbatlari olib borilmoqda. ...
O'qish