Fidokorona mehnatingiz uchun tashsakkur!
Nashr qilingan sana: 28.12.2022 04:01:282022 yil nihoyasiga yetmoqda. "Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati uchun yil ancha murakkab, ammo barakali keldi. Muhimi, konchilarimiz yangi yilni munosib mehnat sovgʻalari bilan kutib olmoqdalar.
Erishilgan yutuqlarda jamiyat filiallarida mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlari, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi muhandislari, oʻquv markazi murabbiylarining ham hissasi katta boʻlmoqda. Yangi yil arafasida ularning fidokorona mehnati uchun minnatdorlik bildirib, rahmat deb qoʻyish ularni yangi zafarlar sari ilhomlantirishi shubhasiz. Buni yaxshi anglagan jamiyat mehnat muhofazasi, texnika, sanoat xavfsizligi va ekologiya boʻlimi boshligʻi Shukurjon Haitmatov yaxshi tashabbus bilan chiqdi va ularning tashkilotchiligida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Jamiyat Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi raisi Abdunosir Qayumov va Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining Angren kon-texnika inspeksiyasi boshligʻi Umarali Irkabayevlarning ishtiroki davraga alohida fayz bagʻishladi. Mehmonlar yigʻilganlarni ishlab chiqarishdagi yuksak yutuqlari va kirib kelayotgan yangi – 2023-yil bilan chin yurakdan tabrikladilar va ularga mustahkam sogʻlik, farovonlik, yanada ulkan mehnat yutuqlari tiladilar.
Tadbir ishtirokchilariga yangi yil sovgʻalari topshirildi. Angren shahar madaniyat boʻlimi qoshidagi "Shans" guruhi tomonidan namoyish qilingan bayram dasturi barchaga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Yurtimiz hamisha tinch, xalqimiz yanada farovon bo‘lsin!
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda ko‘mir sanoati mehnat faxriylariga “O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori Dusmatov Nodirbek Uktamjanovichning bayram tabrigi Hurma...
O'qish
“Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yildi
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Angren shahridagi Istiqlol maydonidagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maz...
O'qish
Xotira va qadr kechasi o‘tkazildi
Joriy yilning 7-may kuni "O‘zbekko‘mir" AJda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviyat soati o‘tkazildi Angren shahridagi “Zamin-2”...
O'qish
Кorrupsiya qarshi seminar-trening o‘tkazildi
Korrupsiya jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib kelib, barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta’sir etadigan illatdir. Us...
O'qish