Hamkorlik masalalari muhokama etildi
Nashr qilingan sana: 17.12.2024 12:44:2316-dekabr kuni “CHETRA” MCHJ va “DIZEL KOMPLEKT BEL SERVICE” korxonasi vakillari “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida bo‘ldilar
Bosh direktor V.V Kuznetsov ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvda “ChETRA” MChJ ning ehtiyot qismlarni eksportga sotish direksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari Yevgeniy, “DIZEL KOMPLEKT BEL SERVICE” direktori vazifasini bajaruvchi Denis Umanes hamda “O‘zbekko‘mir” AJ mutaxassislari ishtirok etdilar.
Unda kon texnikalari va ehtiyot qismlarining yetkazib berish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik masalalar ko‘rib chiqildi.
Ma’lumot uchun, “ChETRA”” MChJ – Rossiya kompaniyasi bo‘lib, “Promtraktor” zavodida ishlab chiqarilgan “Chetra” brendi ostidagi sanoat texnikasi va ehtiyot qismlarini eksklyuziv ravishda sotadi, shuningdek, “Chaz” MChJda tayyorlanadigan “Chaz” brendi ostidagi ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni yetkazib beradi. “DIZEL KOMPLEKT BEL SERVICE” O‘zbekiston va xorijiy ishlab chiqaruvchilarning texnikasi, uskunalari, dvigatellari, ehtiyot qismlari, shinalari, kimyo sanoati mahsulotlari va boshqalarning rasmiy dileri (vakili) hisoblanadi. Kompaniya mahsulotlarga zavod kafolati, to‘liq texnik yordam va servis xizmatlarini taqdim etadi. Shuningdek, O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlarini xalqaro bozorlarga yetkazib berish faoliyatini olib boradi.
Qutlug‘ Teshaboev,
“O‘zbekko‘mir” AJ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalarni jalb qilish, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish departamenti boshlig‘i
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Janubiy Koreya delegatsiyasi Angren ko‘mir konida
2025-yil 12-mart kuni Janubiy Koreyaning KOMIR, KIGAM va SOAM kampaniyalari delegatsiyalari “O‘zbekko‘mir” AJ mutaxassislari bilan uchrashdi. Uchrashuvda...
O'qish
“Angren” ko‘mir konida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
Joriy yilning 11-mart kuni “O‘zbekko‘mir” AJ “Angren ko‘mir koni” filialida “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ob’ekt tuzilmalarining shahar fuqa...
O'qish
Konchi ayol mehnati e’tirof etildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati va uning tizimidagi korxonalarda bugungi kunda ming nafardan ziyoroq xotin-qiz samarali mehnat qilib kelmoqda. 8-mart ba...
O'qish
Shaxta usulida a’lo sifatli ko‘mir qazib olinmoqda
“Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filiali “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi to‘ng‘ich korxonalardan biri bo‘lib, bu yerdan qazib chiqarilayotgan...
O'qish