Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga koʻmir tarqatilmoqda
Nashr qilingan sana: 18.01.2023 12:51:01
Ob-havo keskin sovib ketgan shu kunlarda Andijon viloyati Shahrixon tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillariga koʻmir va oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilmoqda.
Tuman hokimi X.Dadaxonov boshchiligida bir guruh faollar tumanning Beshariq, Namozgoh, Mustaqillik, Yakkatut, Shahrixon, Yoshlar hamda Andijonlik mahalla fuqarolar yigʻinlarida boʻldi. Mazkur mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisi hamda yoshlar yetakchilari bilan birgalikda kam taʼminlangan, ehtiyojmand, boquvchisini yoʻqotgan, yaqinlari xorijiy mamlakatlarda mehnat qilayotgan oilalar holidan xabar olib, ularga koʻmir va oziq-ovqat mahsulotlari berilmoqda.
– Turmush oʻrtogʻim Rossiya davlatiga ishlagani ketgan, – deydi Beshariq mahallasida yashovchi Oyazimxon Bobojonova. – Qishga oʻtin, koʻmir zaxirasi tayyorlab olmaganimiz uchun ayozli kunlarda yosh farzandlarim bilan ancha qiynaldim. Prezidentimizga rahmat, yurtboshimizning tashabbusi bilan men kabi qiynalgan koʻplab ayollarga yordam koʻrsatilib, koʻmir, oziq-ovqat mahsulotlari berildi. Bundan behad mamnunman.
Mustaqillik mahallasida yashovchi Umidjon Siddiqov ota-onasidan ayrilgan. U ukalariga bosh boʻlib oila, tirikchilik yukini tortib kelmoqda. Ushbu sovuq kunlarda uning xonadoniga ham koʻmir va oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Tumanda ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan yuqoridagi kabi ishlar davom etmoqda (OʻzA).
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.M.Qayumovning bayram tabrigi
Hurmatli konchilar! Qadrli kasaba uyushmalari faollari! Bugun yurtimizda, shu jumladan aksiyadorlik jamiyatimizda bayram shukuhi kezib yuribdi. Yakshanba kuni...
O'qish“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori Vladimir Vladimirovich Kuznesovning bayram tabrigi
Aziz konchilar va mehnat faxriylari! Hurmatli hamkasblar! Sizni dunyodagi eng mashaqqatli va sharafli kasblardan biri ‒O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati...
O'qishYo‘lingiz hamisha bexatar bo‘lsin!
Ushbu filialda uchta avtobaza bo‘lib, 2-avtobazada yengil ma va maxsus avtotransport transpot vositalari jamlangan. Jamoada ko‘plab o‘z kasbini puxta egallagan...
O'qishFuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligi – dolzarb vazifa
Bugun “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ob’ekt tuzilmalarining shahar fuqaro muhofazasi xizmatlari bilan hamkorlikdagi harakat...
O'qish