Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga koʻmir tarqatilmoqda
Nashr qilingan sana: 18.01.2023 02:51:01
Ob-havo keskin sovib ketgan shu kunlarda Andijon viloyati Shahrixon tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillariga koʻmir va oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilmoqda.
Tuman hokimi X.Dadaxonov boshchiligida bir guruh faollar tumanning Beshariq, Namozgoh, Mustaqillik, Yakkatut, Shahrixon, Yoshlar hamda Andijonlik mahalla fuqarolar yigʻinlarida boʻldi. Mazkur mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisi hamda yoshlar yetakchilari bilan birgalikda kam taʼminlangan, ehtiyojmand, boquvchisini yoʻqotgan, yaqinlari xorijiy mamlakatlarda mehnat qilayotgan oilalar holidan xabar olib, ularga koʻmir va oziq-ovqat mahsulotlari berilmoqda.
– Turmush oʻrtogʻim Rossiya davlatiga ishlagani ketgan, – deydi Beshariq mahallasida yashovchi Oyazimxon Bobojonova. – Qishga oʻtin, koʻmir zaxirasi tayyorlab olmaganimiz uchun ayozli kunlarda yosh farzandlarim bilan ancha qiynaldim. Prezidentimizga rahmat, yurtboshimizning tashabbusi bilan men kabi qiynalgan koʻplab ayollarga yordam koʻrsatilib, koʻmir, oziq-ovqat mahsulotlari berildi. Bundan behad mamnunman.
Mustaqillik mahallasida yashovchi Umidjon Siddiqov ota-onasidan ayrilgan. U ukalariga bosh boʻlib oila, tirikchilik yukini tortib kelmoqda. Ushbu sovuq kunlarda uning xonadoniga ham koʻmir va oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Tumanda ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan yuqoridagi kabi ishlar davom etmoqda (OʻzA).
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Yangi g‘oyalar – yangi yutuqlarning boshlanishidir!
#Eng_yaxshi_ixtirochi_tanlovi_haqida_suhbat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Innovatsion rivojlanish strategiyas...
O'qish
“Yoshlar oyligi” doirasida qiziqarli sport musobaqalar
2-iyun kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida “Yoshlar oyligi” doirasida tashkil etilayotgan sport musobaqalariga start berildi. 2-iyun kuni sportning v...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: Tiklanish va taraqqiyot yillari
Xorij matbuoti O‘zbekistonning boy foydali qazilmalari haqida ma’lumot bermoqda. Toshkent viloyatida joylashgan Angren ko‘mir havzasida nafaqat qo‘ng‘ir, balki kulrang va...
O'qish
Ko‘mir ‒ sanoatni harakatlantiruvchi kuch
«O‘zbekko‘mir» AJ qo‘ng‘ir ko‘mir qazib olish va mahalliy iste’molchilarga yetkazib berish borasida yaxshi natijalarga erishmoqda. 2024-yilda Jamiyat tomonidan 6,7 mln to...
O'qish