KÖMIR: KONDAN ISTЕ’MOLÇIGAÇA BÖLGAN MAS’ULIYAT
Nashr qilingan sana: 24.11.2026 18:54:10KÖMIR: KONDAN ISTЕ’MOLÇIGAÇA BÖLGAN MAS’ULIYAT
Qiş yaqinlaşgan sari kömirga bölgan talab ham ortadi. Ayniqsa, tabiiy gaz tarmoği yetib bormagan xonadonlar, budjet taşkilotlari va issiqlik elektr stansiyalari uçun bu yoqilği muhim ahamiyatga ega. Şu bois Angren konida qazib olişdan tortib, uni iste’molçilarga yetkazib berişgaça bölgan barça jarayonlar uzluksiz davom etmoqda.
“Özbekkömir” AJ 2026-yilda 5,7 million tonna kömir qazib olişni rejalaştirgan. Uning 1 million 530 ming tonnasi aholi ehtiyojlari uçun yönaltiriladi. Joriy yilning yanvar–oktyabr oylarida 5 million 488,9 ming tonna kömir qazib olinib, iste’molçilarga 4 million 784,4 ming tonna mahsulot yetkazib berildi.
Bu raqamlar ortida minglab konçilarning maşaqqatli mehnati, uzluksiz işlayotgan texnika va murakkab işlab çiqariş jarayonlari mujassam.
ZABOYDA BIR daqiqa BÖLSIN IŞ TINMAYDI
“Angren” kömir konida yoqilği qazib oliş keçayu kunduz davom etmoqda. Bu yerdagi har bir iş kuni, har bir tonna mahsulot qişki mavsumda iste’molçilarni issiqlik bilan ta’minlaşga qaratilgan.
— Kömir qazib oliş jarayoni bir daqiqa ham töxtamaydi. Ayniqsa, yil yakuniga yaqinlaşgan hozirgi davrda mas’uliyat yanada ortadi, — deydi 1-qazib oliş uçastkasi boşliği Sunnat Mahkamov. — Uçastkamizda 90 nafarga yaqin işçi-xizmatçi mehnat qiladi. Iş jarayonida turli rusum va quvvatdagi ekskavatorlardan foydalanamiz. Ular orasida köp yillardan buyon işlab kelayotgan işonçli EŞ, EKG rusumli ekskavatorlar bor. Joriy yilda esa Xitoyda işlab çiqarilgan SANY gidravlik ekskavatorlari ham keltirildi.
Yilning avgust, sentyabr va oktyabr oylari uçastka uçun ayniqsa sermahsul böldi. Sentyabr oyida rejadagi 520 tonna örniga amalda 610 tonna kömir qazib olingani buning yaqqol misoli.
Qazib olingan kömirni iste’molçiga yetkaziş ham alohida mehnat va mas’uliyat talab qiladi. Bu jarayonda razrezning 16- va 54-sonli konveyer uçastkalari muhim örin tutadi. Kömir sifati va fraksiyasiga qarab saralanib, turli toifadagi iste’molçilarga jönatilmoqda.
Konçilikda faqat kömir qazib olişning özi bilan iş bitmaydi. Uni taşiş, konveyerlarni soz holatda saqlaş, qoplama jinslarni çiqariş ham katta mehnat talab etadi.
— Konçilikning öziga yaraşa murakkabliklari köp. Hatto bir neça ön metrlik konveyer liniyasini tartibga keltiriş ham oson emas. Buning uçun maxsus texnika va yetarliça işçi kuçi zarur, — deydi “Angren kömir koni” filiali texnik bölimi yetakçi mutaxassisi Zayniddin Aşurmatov. — 53-sonli uçastkada konveyer orqali qoplama jinslar taşiladi. Ayrim liniyalarda ta’mirlaş işlarini amalga oşiriş, qoplama jinslarni qazib oliş sur’atini oşiriş talab etilmoqda. Kelgusida konveyer konstruksiyalarini taşqi ağdarma hududiga köçiriş rejalaştirilgan. Bu esa iş unumdorligini oşiriş va xarajatlarni kamaytirişga xizmat qiladi.
Ayni paytda konning ğarbiy bortida, qazib oliş zaboylari yaqinida yangi konveyer liniyalari barpo etilmoqda. Bunday usulda kömirni zaboydan töğridan töğri transporter tasmasiga, undan esa vagonlarga yetkaziş imkoni yaratiladi.
KÖMIRNING QADRI UYDA BILINADI
Angrendagi konçilik korxonalari faoliyatini eng yaxşi biladiganlardan biri — konçilar yaşaydigan Jiğariston mahallasi aholisi. Bu yerdagi xonadonlarning aksariyatida isitiş uçun kömirdan foydalaniladi. Şu bois qiş mavsumi oldidan uning zaxirasini yaratiş har bir oila uçun muhim yumuşlardan biri.
Mahalladagi 3-sonli maktab va yaqinda faoliyat boşlagan oilaviy nodavlat maktabgaça ta’lim taşkiloti ham isitiş mavsumiga tayyorgarlik körmoqda.
Bolalar boğçasi şaxta yaqinidagi xususiy xonadonda joylaşgan. Sovuq kunlarda bolajonlar uçun qulay şaroit yaratiş maqsadida bu yerda uç tonna kömir zaxirasi hozirlangan. Muassasa rahbari Dildora Berdikulova konçilar mehnati haqida öz fikrlarini bildirişdi.
— Jiğaristonda işlab, konçilar faoliyati, kömir qazib oliş va uni iste’molçilarga yetkazib beriş jarayonlari haqida köp narsalarni bilib oldik. Ayniqsa, isitiş mavsumida aholini kömir bilan ta’minlaş naqadar muhim ekanini yaxşi tuşunamiz. Bizga sifatli kömir yetkazib berayotgan konçilarga çin dildan minnatdorçilik bildiramiz. Qöllaringiz çarçamasin, zamin öz boyliklarini sizdan ayamasin! — deydi suhbatdoşimiz.
Darhaqiqat, kondan iste’molçi xonadonigaça bölgan yöl oson emas. Bu yölda minglab insonlar, önlab texnika vositalari va murakkab işlab çiqariş jarayonlari iştirok etadi. Konçilarning zaboydagi mehnati esa qiş kunlari xonadonlardagi harorat, bolalar boğçasidagi iliq muhit va işlab çiqariş korxonalarining uzluksiz faoliyatida öz ifodasini topadi.
Diana ANDRЕЕVA
Oxirgi yangiliklar:
“Mening kelajakdagi kasbim”: bitiruvçi yoşlar bilan uçraşuv ötkazildi
Davlatimiz rahbarining joriy yil 24-fevral kuni yoşlar bilan ötkazgan oçiq muloqotida belgilangan vazifalar va ilgari surilgan taşabbuslar ijrosini taʼminlaş maqsadida da...
O'qish
Barqaror rivojlaniş sari muhim qadam: “O‘zbekko‘mir” AJ ilk ESG hisobotini taqdim etdi
Bugun korxona faoliyatiga baho berişda faqat qança mahsulot işlab çiqarilgani yoki qança daromad olingani bilan çeklanilmaydi. Işlab çiqariş jarayonining atrof-muhitga ta...
O'qish
Oçiqlik − hisobdorlik va jamoat işonçi asosi
9 dekabr − Xalqaro korrupsiyaga qarşi kuraşiş kuni. Uşbu sana korrupsiyaning oldini olişda oçiqlik, şaffoflik va jamoatçilik nazoratining ahamiyatini yana bir bor eslatad...
O'qish