KAOLIN
“O‘zbekko‘mir” AJga tegishli konlardan qazib olinayotgan oq (birlamchi), kulrang, qizg‘ish kaolin xomashyosi O‘z DSt 3607:2022 me’yorlariga muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali hamda O‘zRTX birja savdolari orqali quyidagi narhda sotuvga qo‘yilgan:
1. Oq (birlamchi) kaolin – 62 302 so‘m/tn.
2. Kulrang kaolin – 73 353 so‘m/tn.
3. Qizg‘ish kaolin – 69 388 so‘m/tn.
Murojaat uchun: (+998) 70 6621174 (marketing bo‘limi)
Ilova: O‘zRTX birja savdolariga qo‘yiladigan kaolinlarning boshlang‘ich narhlari.
Илова: ЎзРТХ биржа савдоларига қўйиладиган каолинларнинг бошланғич нарҳлари.
AHOLI UCHUN – 309 800. so'm/t.
BYUDJET TASHKILOTLARI uchun – 431 400 so'm/t.
MAXSUS TAKLIFLAR:
Foydali qazilmalarni ochish ishlarini bajarishda bir vaqtning o’zida yo’lakay ko’p miqdorli oqgil (kaolin) qazib olinadi, ushbu modda sopol, tsement, devorga ishlatiladigan materiallar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda qimmatli xom ashyo hisoblanadi.
Biz tomonimizdan qazib olingan oqgil (kaolin) istalgan talab qilinadigan miqdorda yetkazib berilishi mumkin.
Boyitilmagan kaolin tavsifi
1 tonna boy bo’lmagan kaolinni sarflash.
Angren konida kaolinlardan tashqari, bir qator boshqa jinslar mavjud bo’lib, ular ham sanoatning turli tarmoqlarida ishlatilishi mumkin: ohaktosh, opoka, kvartsli qumlar, qumoq tuproq.
Ko’mir koni ohaktoshlari alyuminiy oksidi (glinozyom) va qurilish ohagi olish uchun flyus sifatida 500-600 markali portlandtsement ishlab chiqarish uchun yaroqlidir. Bunda Ohangaron tsement zavodi taklif qilinadigan mahsulotning asosiy iste’molchisi hisoblanadi.
Tsement ishlab chiqarish uchun faol mineral qo’shimchalar sifatida qiziqish uyg’otuvchi opok resurslari “Angren” ko’mir ochiq koni bo’yicha eng kamida 12 mln/m3 hajmida baholanadi. Konlardagi zaxirasi taxminan 113 mln/m3 hajmni tashkil qiladigan kvartsli qumlardan g’isht ishlab chiqarishda issiqlikni kamaytiruvchi qo’shimcha sifatida va qoliplash xom ashyosi sifatida gaz-silikatli buyumlar ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkin.
“O’zbekko’mir” AJ, O’zbekiston Kimyo-loyihalash ilmiy-tadqiqot instituti va O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti mutaxassislari tomonidan organ-mineral o’g’itlar olishning yangi usuli ishlab chiqilgan. O’g’itlarning organik qismi sifatida ko’mir qazib olish chiqindilari va oldindan biologik tarkibiy moddalar bilan ishlangan boyitilgan ko’mirdan foydalanilgan. Mineral o’g’itlarning umumiy ulushidagi ozuqaviy tarkibiy moddalar miqdori quyidagilarni tashkil qiladi: azot – 30 foizgacha, o’zlashtiriladigan R2O5 – 28 foizgacha, organik qismlar – 35-60 foizgacha. Bundan tashqari, 1 – 4 mm granulalar umumiy ulushi 80 foizni, mahsulot namlik darajasi eng ko’pi bilan 10 foizni tashkil qiladi, mahsulot yopishib ketmaydi, nam tortmaydi (gigroskopik emas). Yangi o’g’itlar texnik sabzavotlar, polizchilik va bog’dorchilik ekinlarini yetishtirish uchun mo’ljallangan. Ko’mir chiqindilarini qayta ishlashga asoslangan organ-mineral o’g’itlar olish texnologiyasi ushbu o’g’itlarni ishlab chiqarishda maxsus qimmatbaho apparaturadan foydalanishni talab qilmaydi va standart uskunalar ishlatilishi orqali amalga oshirilishi mumkin bo’lib, bu taklif qilinadigan mahsulotning kerakli raqobatbardoshlilik darajasini ta’minlash imkonini beradi.
Yangi o’g’itlar nafaqat o’simliklar uchun ozuqa moddalari manbai va yerda chirindi birikmalar to’ldirilishi uchun oziqlantiruvchi muhit (substrat) va o’sish stimulyatorlari, balki o’simliklar ildiz tizimlari kasalliklariga qarshi kurashda samarali vosita ham hisoblanadi. O’zbekiston qishloq xo’jaligida Angren koni ko’mir chiqindilarini qayta ishlashga asoslangan organ-mineral o’g’itlardan foydalanish istiqbollari juda ijobiydir