KOMPLAENS NAZORAT XIZMATI
"Oʻzbekkoʻmir" AJ korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati
Amanov Erkin Eshquvvatovich "Oʻzbekkoʻmir" AJ korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati (komplayens) boshligʻi
E.Amanov 1965 yilda Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. 1989 yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini, 2001 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan. Iqtisod fanlari nomzodi.
E.Amanov Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (OʻzA)da iqtisod boshqarmasi boshligʻi, "Neftgazqurilishbutlash" AJ boshqaruvi raisining oʻrinbosari, Termiz shahar hokimi, Mustaqil OAVlarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoatchilik fondi direktorining oʻrinbosari, Toshkent viloyati monopoliyaga qarshi kurash va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari, Oʻzbekiston IIV boshqarma boshligʻining oʻrinbosari, Boysun davlat oʻrmon xoʻjaligi direktori lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan.
Xalqaro anjuman
Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishda yutuqlar va ustuvorliklar hamda muammolar nimalardan iborat?
Yaqinda poytaxtimiz Toshkentda oʻtkazilgan xalqaro anjuman ana shu mavzuga bagʻishlandi. Anjumanda "Oʻzbekkoʻmir" AJ korrupsiyaga qarshi kurash xizmati (komplayens) rahbari Erkin Amanov ishtirok etdi.
Ayni kunlarda jamiyatda korrupsiyaviy xavf-xatarning oldini olish borasida tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilmoqda.
Siz "Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik tizimidagi korxonalarda qonunbuzarlik va korrupsiya holatlariga duch kelsangiz, (78) 148 30 03 ishonch telefoniga yoki +99 899 0911765 telefon raqami orqali bevosita "Oʻzbekkoʻmir" AJ korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati boshligʻiga murojaat qilishingiz, shuningdek, telegramdagi t.me/uzbekkumir_antikorrupsiya_bot manzili orqali xabar yoʻllashingiz mumkin.
Har bir murojaat shaxsan "Oʻzbekkoʻmir" AJ bosh direktori nazorati ostida qonunda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Korrupsiyaga qarshi komplayens nazorati nima va u korrupsiyaga qay darajada barham bera oladi?
2020-2021 yillarda barcha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi ("komplayens-nazorat") joriy etildi. Jumladan, Oʻzbekistonda koʻmir qazib oluvchi va yetkazib beruvchi yirik va yetakchi korxona – Oʻzbekkoʻmir" AJda ham korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati (komplayens) tashkil etildi va oʻz faoliyatini olib bormoqda.
KORRUPSIYA jamiyatni turli yoʻllar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Ushbu illatga qarshi kurashish sohasida davlat siyosati "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida"gi Qonunning tizimlilik tamoyiliga asoslangan holda amalga oshirilmoqda.
Endi korrupsiyaga qarshi "komplayens-nazorat" tizimi nima degan, savolga kelsak. "Komplayens-nazorat" deganda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va ularning xodimlari faoliyatidagi korrupsiyaviy faoliyat sohalarini aniqlash va bartaraf etishga, ularning faoliyatini korrupsiyaga qarshi kurashishga oid xalqaro standart va tavsiyalarga, milliy qonunchilik hujjatlariga va ichki meyyorlarga muvofiqligini nazorat qilish va taʼminlashga qaratilgan universal profilaktik tizim tushuniladi.
Komplayens nazorat tizimi ilk bor AQShda 1906 yilda vujudga keldi. Bunga zaruriyat mamlakat iqtisodiyotida xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan kompaniya va korporatsiyalarning tashkil etilishi bilan bogʻliqdir.
Bugungi kunda "Baker and McKenzie" xalqaro yuridik firmaning 2019 yilgi rasmiy maʼlumotlariga asosan 150 dan ortiq mamlakatlardagi kompaniyalarida korrupsiyaga qarshi komplayens nazorat tizimi joriy etilgandir.
Oʻzbekistonda Korrupsiyaga qarshi qonunchilikka komplayens nazorat tizimi amaliyotining kirib kelishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi "Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-5729-sonli Farmoni bilan bogʻliqdir. 2021 yilning 6 iyulida "Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar oʻgʻrisida"gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 sentyabrdan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari onlayn ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish, 2021 yil 1 oktyabrgacha korrupsiya, manfaatlar toʻqnashuvi asosida tuzilgan shartnomalarni haqiqiy emas deb topish, davlat xizmatchilari tomonidan tadbirkorlikda qatnashishi huquqiy oqibatlarini belgilovchi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
2021 yil 1 oktyabrdan barcha davlat organlari va tashkilotlari, viloyat hokimliklarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi va hokazo.
Yuqorida taʼkidlab oʻtilganidek, korrupsiya jamiyatni turli yoʻllar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illat boʻlib, ushbu illatga qarshi birgalikda kurashish muhimdir. Shundan kelib chiqib, Siz "Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik tizimidagi korxonalarda qonunbuzarlik va korrupsiya holatlariga duch kelsangiz, (78) 148 30 03 ishonch telefoniga yoki +99 899 0911765 telefon raqami orqali bevosita "Oʻzbekkoʻmir" AJ korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati boshligʻiga murojaat qilishingiz mumkin.
Har bir murojaat shaxsan "Oʻzbekkoʻmir" AJ bosh direktori nazorati ostida qonunda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Erkin Amanov,
"Oʻzbekkoʻmir" AJ korrupsiyaga qarshi kurash xizmati (komplayens) boshligʻi
Normativ-huquqiy hujjatlar
"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni. 2017 yil 3 yanvar, OʻRQ-419-son
https://www.lex.uz/acts/3088008
Если вы столкнулись со случаями нарушений и коррупции на предприятиях АО «Узбекуголь», обращайтесь по горячей линии (78) 148 30 03 или +99 8(99)-091-17-65 непосредственно к руководителю антикоррупционной службы АО «Узбекуголь». ", а так же в телеграм https://t.me/uzbekcoal_antikorrupsiya_bot можно отправить сообщение.
Каждое обращение рассматривается лично под контролем Генерального директора АО «Узбекуголь» в порядке, установленном законодательством.
По заявлению физического лица обращения рассматриваются без раскрытия каких-либо сведений о его личности, а документы о результатах рассмотрения при необходимости передаются в соответствующие компетентные правоохранительные органы для проведения правовой оценки.
Qoidalar va reglament