Iste'molchi murojaati joyida ijobiy hal etildi
Nashr qilingan sana: 18.11.2024 16:07:41Aholi iste’molchilariga ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berish jarayonida fuqarolardan tushayotgan takliflar ham inobatga olinib, ular tomonidan kiritilayotgan muammoli masalalar mutasaddilar tomonidan tezkor o‘rganilmoqda va joyida hal etish choralari ko‘rilmoqda.
15-noyabr kuni "O‘zbekko‘mir" AJ telegram boti (@uzbekcoal_bot)ga Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani O‘rtaqishloq MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Saydullo Ahmadjonovdan mahalliy ko‘mir xarid qilishda muammoga duch kelayotgani haqida audio murojaat kelib tushdi.
Murojaat mutasaddilar ishtirokida tezkor ko'rib chiqilib, shu kunning o‘zida ijobiy hal etildi va murojaatchining talabi qondirildi. (https://t.me/Nemat_Dushayev/3114)
Hurmatli fuqarolar!
Mahalliy ko‘mir xaridi chog‘ida muammoga duch kelsangiz yoki taklif va mulohazalar, savollaringiz bo‘lsa, quyidagi "Ishonch telefon"lari orqali murojaat qilishingiz mumkin:
▪ ️“Ko‘mir ta’minot” MCHJ - 71-244-38-28.
▪ ️“O‘zbekko‘mir” AJ Ishonch telefoni - 78-148-30-03.
Shuningdek, matnli hamda audio va videomurojaatlar @uzbekcoal_bot manzilida ham qabul qilinadi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Janubiy Koreya delegatsiyasi Angren ko‘mir konida
2025-yil 12-mart kuni Janubiy Koreyaning KOMIR, KIGAM va SOAM kampaniyalari delegatsiyalari “O‘zbekko‘mir” AJ mutaxassislari bilan uchrashdi. Uchrashuvda...
O'qish
“Angren” ko‘mir konida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
Joriy yilning 11-mart kuni “O‘zbekko‘mir” AJ “Angren ko‘mir koni” filialida “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ob’ekt tuzilmalarining shahar fuqa...
O'qish
Konchi ayol mehnati e’tirof etildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati va uning tizimidagi korxonalarda bugungi kunda ming nafardan ziyoroq xotin-qiz samarali mehnat qilib kelmoqda. 8-mart ba...
O'qish
Shaxta usulida a’lo sifatli ko‘mir qazib olinmoqda
“Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filiali “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi to‘ng‘ich korxonalardan biri bo‘lib, bu yerdan qazib chiqarilayotgan...
O'qish