Jamoatchilik Kengashi tarkibi tasdiqlandi
Nashr qilingan sana: 30.10.2024 12:00:13“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati bosh direktorining 29-oktabrdagi 491-sonli buyrug‘i bilan jamiyat Jamoatchilik Kengashi tarkibi tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyuldagi “Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va boshqa tegishli qonun hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan Bosh direktorning mazkur buyrug‘i bilan, shuningdek, “O‘zbekko‘mir” AJ Jamoatchilik Kengashi to‘g‘risidagi Nizom ham tasdiqlandi.
Nizomda Jamoatchilik Kengashining asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari belgilab berilgan.
Buyruq bilan jamoatchilik Kengashi a’zolariga 2024-yilning 4-choragiga mo‘ljallangan ish rejasi ishlab chiqish vazifasi topshirildi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Janubiy Koreya delegatsiyasi Angren ko‘mir konida
2025-yil 12-mart kuni Janubiy Koreyaning KOMIR, KIGAM va SOAM kampaniyalari delegatsiyalari “O‘zbekko‘mir” AJ mutaxassislari bilan uchrashdi. Uchrashuvda...
O'qish
“Angren” ko‘mir konida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
Joriy yilning 11-mart kuni “O‘zbekko‘mir” AJ “Angren ko‘mir koni” filialida “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ob’ekt tuzilmalarining shahar fuqa...
O'qish
Konchi ayol mehnati e’tirof etildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati va uning tizimidagi korxonalarda bugungi kunda ming nafardan ziyoroq xotin-qiz samarali mehnat qilib kelmoqda. 8-mart ba...
O'qish
Shaxta usulida a’lo sifatli ko‘mir qazib olinmoqda
“Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filiali “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi to‘ng‘ich korxonalardan biri bo‘lib, bu yerdan qazib chiqarilayotgan...
O'qish