Koʻmir konida ish qizgʻin davom etmoqda
Nashr qilingan sana: 31.12.2024 16:33:32
Ayni damlarda “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati konlarida ishlab chiqarish bir maromda davom etmoqda. Konchilar 31-dekabr - bayram kuniga qaramay, kon ustki qismini ochish, koʻmir qazib olish va isteʼmolchilarga yuklab yuborish ishlarini odatdagiday olib borishmoqda.
‒ Konimizda ish hech qachon toʻxtamaydi, bayram va dam olish kunlari ham bu yerda ish smena asosida kechayu kunduz davom etadi. Maqsad - xalqimizga issiqlik va yorugʻlik ulashish, ‒ deydi "Angren koʻmir koni" filiali nozimxonasi smena boshligʻi Baxtiyor Qobilov.
Ayni paytda Angren konining 1- va 2-boʻlimlarida kon ustki qismini ochish va koʻmir qazib olish jarayoni qizgʻin bormoqda, 16-va 54-boʻlimlarda esa tayyor mahsulot isteʼmolchilarga konveyer liniyalari orqali va toʻgʻridan-toʻgʻri yuklab yuborilayotir.
Konchilar smena davomida 5 ming tonna yoqilgʻi qazish topshirigʻi olishgan. Baxtiyor Qobilovning aytishicha, havo ochiq shu bois, ular bu koʻrsatkichni 10 ming tonnadan oshirish niyatida.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Janubiy Koreya delegatsiyasi Angren ko‘mir konida
2025-yil 12-mart kuni Janubiy Koreyaning KOMIR, KIGAM va SOAM kampaniyalari delegatsiyalari “O‘zbekko‘mir” AJ mutaxassislari bilan uchrashdi. Uchrashuvda...
O'qish
“Angren” ko‘mir konida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
Joriy yilning 11-mart kuni “O‘zbekko‘mir” AJ “Angren ko‘mir koni” filialida “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ob’ekt tuzilmalarining shahar fuqa...
O'qish
Konchi ayol mehnati e’tirof etildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati va uning tizimidagi korxonalarda bugungi kunda ming nafardan ziyoroq xotin-qiz samarali mehnat qilib kelmoqda. 8-mart ba...
O'qish
Shaxta usulida a’lo sifatli ko‘mir qazib olinmoqda
“Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filiali “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi to‘ng‘ich korxonalardan biri bo‘lib, bu yerdan qazib chiqarilayotgan...
O'qish