Ko‘mir konlari elektr bilan barqaror ta’minlanadi
Nashr qilingan sana: 31.10.2024 13:31:53“Energiya va telekommunikatsiya tarmoqlari” filiali jamoasi “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati korxonalariga elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berish, elektr tarmoqlari sozligi va nimstansiyalarning barqaror ishlashini ta’minlash faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.
Tasarrufimizda 12 nimstansiya, 50dan ziyod o‘zgaruvchan kuchlanishli liniyalarimiz bor.
Mavjud nimstansiyalarida har oyda kamida 1 marotaba rejali taʼmirlash ishlari olib borilmoqda, yuqori kuchlanishli havo liniyalarimiz esa doimiy ravishda koʻrikdan oʻtkaziladi.
Qish mavsumida nimstansiyalarimizga yuklamalar ortadi. Jamiyat tizimidagi korxonalar, xususan ko‘mir konlarida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bir maromda davom etishi ko‘p jihatdan mehnat jamoamizning g‘ayrat-shijoatiga bog‘liq. Shu boisdan ham elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lmasligi, shuningdek tarmoqlarimizga ulangan 60ga yaqin subiste’molchilarimiz ham elektr bilan barqaror ta’minlanishi choralari ko‘rilmoqda.
Qish mavsumini tayyorgarlikni jadallashtirish maqsadida chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan. Rejaga ko‘ra, nimstansiyalar binolarini ta’mirlanishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunda smeta loyihasi tayyor va ishlar davom ettirilmoqda.
Muzaffar Xudaynazarov,
“EvaTT” filiali Texnik ishlab chiqarish bo‘limi muhandis-texnoligi
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Janubiy Koreya delegatsiyasi Angren ko‘mir konida
2025-yil 12-mart kuni Janubiy Koreyaning KOMIR, KIGAM va SOAM kampaniyalari delegatsiyalari “O‘zbekko‘mir” AJ mutaxassislari bilan uchrashdi. Uchrashuvda...
O'qish
“Angren” ko‘mir konida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
Joriy yilning 11-mart kuni “O‘zbekko‘mir” AJ “Angren ko‘mir koni” filialida “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ob’ekt tuzilmalarining shahar fuqa...
O'qish
Konchi ayol mehnati e’tirof etildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati va uning tizimidagi korxonalarda bugungi kunda ming nafardan ziyoroq xotin-qiz samarali mehnat qilib kelmoqda. 8-mart ba...
O'qish
Shaxta usulida a’lo sifatli ko‘mir qazib olinmoqda
“Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filiali “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi to‘ng‘ich korxonalardan biri bo‘lib, bu yerdan qazib chiqarilayotgan...
O'qish