Murojaatlarning asosiy qismi qanoatlantirildi
Nashr qilingan sana: 10.01.2025 18:01:442024-yil davomida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatiga 454 ta murojaat kelib tushdi. Shundan jismoniy shaxslardan kelib tugan murojaatlar ‒ 446 tani, yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar ‒ 8 tani tashkil etdi.
Murojaatlarning 164 tasi yozma, 290 tasi elektron shaklda kelib tushgan.
Masalalar kesimida ko‘rib chiqiladigan bo‘lsa, murojaatlarning 11 tasi mehnat munosabatlariga oid, 91 tasi rahbarlar va mansabdor shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari bo‘yicha, 134 tasi homiylik va moddiy yordam masalalarida, 6 tasi oylik maosh to‘g‘risidadir. Shuningdek, 135 murojaat ko‘mir ta’minoti, 77 tasi turli masalalar bo‘yicha bo‘yicha yo‘llangan. ️
Murojaatlarning 227 tasi qanoatlantirildi, 114 tasi bo‘yicha tushuntirish berildi, 26 tasi rad etildi, 14 tasi ko‘rib chiqilmoqda. Yil davomida takroriy tushgan murojaatlar 73 tani tashkil etdi.
2024-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi orqali kelib 290 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 103 tasi qanoatlantirildi, 16 tasi bo‘yicha tushuntirish berildi. 15 tasi ko‘rib chiqilmoqda. Anonim deb topilgan 157 murojaat ko‘rilmasdan qoldirilgan.
Xalq qabulxonalari orqali murojaat kelib tushmagan.
Malika Nazarova,
“O‘zbekko‘mir” AJ Ijro apparati murojaatlar bo‘yicha mutaxassisi
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Janubiy Koreya delegatsiyasi Angren ko‘mir konida
2025-yil 12-mart kuni Janubiy Koreyaning KOMIR, KIGAM va SOAM kampaniyalari delegatsiyalari “O‘zbekko‘mir” AJ mutaxassislari bilan uchrashdi. Uchrashuvda...
O'qish
“Angren” ko‘mir konida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
Joriy yilning 11-mart kuni “O‘zbekko‘mir” AJ “Angren ko‘mir koni” filialida “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ob’ekt tuzilmalarining shahar fuqa...
O'qish
Konchi ayol mehnati e’tirof etildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati va uning tizimidagi korxonalarda bugungi kunda ming nafardan ziyoroq xotin-qiz samarali mehnat qilib kelmoqda. 8-mart ba...
O'qish
Shaxta usulida a’lo sifatli ko‘mir qazib olinmoqda
“Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filiali “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi to‘ng‘ich korxonalardan biri bo‘lib, bu yerdan qazib chiqarilayotgan...
O'qish