Oʻgʻirlangan koʻmir mahsulotlari omborga qaytarildi
Nashr qilingan sana: 21.09.2023 08:16:08“Huquqbuzarlar X.SH. (1990 yilda Angren shahrida tugʻilgan, oilali, Obodonlashtirish boshqarmasida ishchi, Qahramon koʻchasida yashaydi) hamda X.X.(1984 yilda Angren shahrida tugʻilgan, oilali, vaqtincha ishsiz, A.Yassaviy koʻchasida istiqomat qiladi) shu yilning 28 iyul kuni “Angren” koʻmir koni hududidan 2500 kg koʻmir mahsulotini (umumiy summasi 1.032.735 soʻm) X.X.boshqaruvidagi ISUZU rusumli avtotransport vositasida noqonuniy tarzda olib chiqib ketayotganida Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ushlandi. Qattiq yoqilgʻi koʻmir omboriga qaytarildi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Angren shahar sudining qaroriga asosan huquqbuzarlar tegishli jazoga tortildi.
***
“Apartak” koʻmir koni hududidan noqonuniy olib chiqilayotgan 1 000 kg. koʻmir mahsuloti ham Milliy gvardiya xodimlari tomonidan toʻxtatib qolindi.
Huquqbuzarlar M.T. (1979 yilda Angren shahrida tugʻilgan, oilali, vaqtincha ishsiz, Beruniy MFYda istiqomat qiladi) hamda O.X. (1987 yilda Angren shahrida tugʻilgan, oilali, vaqtincha ishsiz, Adolat koʻchasida yashaydi) tomonidan 2023 yilning 18 avgust kuni “Apartak” konidan ogʻirligi 1 000 kg. boʻlgan koʻmirni ikki bosh uy hayvoniga ortib, noqonuniy tarzda olib chiqib ketilayotganda, ularning qilmishlari fosh boʻldi.
Mahsulot koʻmir omboriga, toʻplangan ish sudga oshirildi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Angren shahar sudining qaroriga asosan huquqbuzarlar tegishli maʼmuriy jazoga tortildilar.
N.K. Mustafokulov,
Milliy gvardiyaning Angren shahar Qoʻriqlash boʻlimi boshligʻi, kapitan
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Yurtimiz hamisha tinch, xalqimiz yanada farovon bo‘lsin!
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda ko‘mir sanoati mehnat faxriylariga “O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori Dusmatov Nodirbek Uktamjanovichning bayram tabrigi Hurma...
O'qish
“Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yildi
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Angren shahridagi Istiqlol maydonidagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maz...
O'qish
Xotira va qadr kechasi o‘tkazildi
Joriy yilning 7-may kuni "O‘zbekko‘mir" AJda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviyat soati o‘tkazildi Angren shahridagi “Zamin-2”...
O'qish
Кorrupsiya qarshi seminar-trening o‘tkazildi
Korrupsiya jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib kelib, barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta’sir etadigan illatdir. Us...
O'qish