Oʻgʻirlangan koʻmir mahsulotlari omborga qaytarildi
Nashr qilingan sana: 21.09.2023 18:16:08“Huquqbuzarlar X.SH. (1990 yilda Angren shahrida tugʻilgan, oilali, Obodonlashtirish boshqarmasida ishchi, Qahramon koʻchasida yashaydi) hamda X.X.(1984 yilda Angren shahrida tugʻilgan, oilali, vaqtincha ishsiz, A.Yassaviy koʻchasida istiqomat qiladi) shu yilning 28 iyul kuni “Angren” koʻmir koni hududidan 2500 kg koʻmir mahsulotini (umumiy summasi 1.032.735 soʻm) X.X.boshqaruvidagi ISUZU rusumli avtotransport vositasida noqonuniy tarzda olib chiqib ketayotganida Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ushlandi. Qattiq yoqilgʻi koʻmir omboriga qaytarildi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Angren shahar sudining qaroriga asosan huquqbuzarlar tegishli jazoga tortildi.
***
“Apartak” koʻmir koni hududidan noqonuniy olib chiqilayotgan 1 000 kg. koʻmir mahsuloti ham Milliy gvardiya xodimlari tomonidan toʻxtatib qolindi.
Huquqbuzarlar M.T. (1979 yilda Angren shahrida tugʻilgan, oilali, vaqtincha ishsiz, Beruniy MFYda istiqomat qiladi) hamda O.X. (1987 yilda Angren shahrida tugʻilgan, oilali, vaqtincha ishsiz, Adolat koʻchasida yashaydi) tomonidan 2023 yilning 18 avgust kuni “Apartak” konidan ogʻirligi 1 000 kg. boʻlgan koʻmirni ikki bosh uy hayvoniga ortib, noqonuniy tarzda olib chiqib ketilayotganda, ularning qilmishlari fosh boʻldi.
Mahsulot koʻmir omboriga, toʻplangan ish sudga oshirildi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Angren shahar sudining qaroriga asosan huquqbuzarlar tegishli maʼmuriy jazoga tortildilar.
N.K. Mustafokulov,
Milliy gvardiyaning Angren shahar Qoʻriqlash boʻlimi boshligʻi, kapitan
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
![image](/images/FDCoUpiCe1dVr0adUxMtbBwclnWLTg8eoSXGPgKE.jpg)
Diqqat: “BelAZ” va “Komatsu” samosvallari haydovchilari kerak!
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati “BelAZ” hamda “KOMATSU” avtosamosvallarini boshqarish uchun yuqori malakali haydovchilarini ishga taklif qiladi. Aksiyadorlik jam...
O'qish![image](/images/YgCS6vu3sAPdGJVCvsBGoUcvTb0TaNld5z4COand.jpg)
“Koinot” oromgohi mavsumning 2-navbatini boshladi
Bugun “O‘zbekko‘mir” AJ xodimlari farzandlarining navbatdagi katta bir guruhi "Koinot" bolalar yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga mavsumning ikkinchi navbatida dam olish...
O'qish![image](/images/fTeVIHq6DX8J5HGShg6IQqh3CN2m2cwUSBCfLBxa.jpg)
“O‘zbekko‘mir AJ aksiyadorlari diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida XABARNOMA “O‘zbekko‘mir” AJ Kuzatuv kenga...
O'qish![image](/images/EKQMNTXlaCxglBC5p1VgiEESfWL6fTe2GTeFNJor.jpg)
“O‘zbekiston-2030” strategiyasi ijrosi muhokama qilindi
Kon-geologiya vazirligida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi yuzasidan muhokama-munosabat tadbiri o‘tkazildi 2024-yil 28-iyunkuni Tog‘-kon sanoati va geologi...
O'qish