Sizlarni, sizlar orqali barcha kasaba uyushmalari aʼzolarini “Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari kuni” bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab,
eng ezgu niyat va tilaklarimni bildiraman.
Bugungi kunda kasaba uyushmalari jamiyatimizning muhim bir boʻgʻiniga aylangan eng yirik jamoat tashkiloti sifatida eʼtirof etilayotgani
ham ayni haqiqat.
Oʻzbekiston tarixida birinchi marotaba 11 noyabr – “Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari kuni” etib belgilandi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi yangi qonunining qabul qilinishi va boshqa qator nufuzli tuzilmalar bilan yaqin aloqalarning yoʻlga qoʻyilayotgani,
aholining mehnat huquqlari va ijtimoiy himoyasini taʼminlashda kasaba uyushmalari Hukumatning teng huquqli hamkoriga aylanayotganligi, bularning barchasi Oʻzbekiston kasaba
uyushmalari faoliyatining butunlay yangi bosqichga koʻtarilganining dalolatidir
Kasaba uyushmalarining munosib mehnat sharoitlarida mehnat qilish, ish haqi, bandlik, xodimlar va ularning oila aʼzolarini sogʻlomlashtirish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini
oshirish, respublikamizdagi diqqatga sazovor qadamjolarga sayohatlar tashkil etish, yozgi mavsumda bolalarning oromgohlarda dam olishlarini tashkillashtirish amalga oshirildi.
Sizlarni bugungi ayyom – Kasaba uyushmalari kuni bilan samimiy qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, masʼuliyatli va xayrli ishlaringizda zafarlar tilayman.
Xonadonlaringizni tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, baxt va omad hech qachon tark etmasin!
"Oʻzbekkoʻmir" AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi A.Kayumov