"Oʻzbekkoʻmir" AJ bosh direktori Vladimir Vladimirovich Kuznetsovning bayram tabrigi
Nashr qilingan sana: 19.05.2023 16:58:28Jahon xaritasida oʻz oʻrnini egallagan mustaqil Oʻzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida xalq xoʻjaligining asosiy tarmoqlaridan biri sifatida koʻmir sanoati alohida oʻrin tutadi. Tabiiy resurslarga boy Ohangaron vodiysining Angren koʻmir havzasidan har yili millionlab tonna qattiq yoqilgʻi qazib olinadi. "Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati isteʼmolchilarni 75 yildan buyon "qora oltin" bilan taʼminlab kelmoqda.
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan "Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili" deb eʼlon qilingan 2023 yilda muhim sana – "Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati tashkil topganligining 75 yilligi nishonlanmoqda.
1948 yilda "Angren" koʻmir koni qurib foydalanishga topshirildi va Oʻzbekiston koʻmir sanoatiga asos solindi. Bugungi kunda koʻmir sanoati respublika yoqilgʻi-energetika majmuining muhim tarmogʻi boʻlib, jamiyatimiz Oʻzbekistondagi koʻmir qazib oluvchi va yetkazib beruvchi yirik korxonaga aylandi. Bu yerda har yili millionlab tonna koʻmir qazib olinib, respublika ehtiyojlari uchun yetkazib berilmoqda. Koʻp ming kishilik mehnat jamoamizning oʻz ishi boʻyicha professionali boʻlgan aʼzolari kamtarin va fidokorona mehnati bilan bilan mamlakat taraqqiyotiga beqiyos hissa qoʻshmoqda.
Hurmatli hamkasblar, aziz konchilar!
Sizlarni muhim sanalar – Oʻzbekistonda konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni hamda "Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyatining 75 yillik yubileyi bilan tabriklayman! Barchangizga mustahkam sogʻliq, tinchlik, farovonlik, mehnat faoliyatingizda hamisha ulkan yutuqlar tilayman! Yetmish besh yillik zalvorli yoʻlni oʻz ichiga olgan yubiley mehnat jamoamiz uchun ulkan voqeadir. Bu voqea mamlakat va shahar tarixida abadiy qolishiga ishonaman.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“Korrupsiyaga murosasiz munosabatda bo‘laylik!”
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda. Bugun "Temir yo‘l transporti" filiali...
O'qishKo‘mir koniga – zamonaviy kon texnikalari
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘tgan yildan boshlab zamonaviy yangi kon texnialari ola boshladi. “Avtomobil-texnologik transporti” filiali ra...
O'qishFuqaro muhofazasi oyligi tadbirlari
Respbulikamizda 15 martdan 15 aprelgacha “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va Fuqaro muhofazasi oyligi” deb e’lon qilingan edi. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik...
O'qish“O‘zbekko‘mir” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisining tabrigi
Aziz va muhtaram konchilar, hurmatli kasaba uyushmalari faollari! Bugun butun islom olamida ulugʻ bayram – Ramazon hayiti! Qalblarimiz quvonch va ezgulik nuriga toʻlib...
O'qish